Milliy iqtisоdiyot vа uning mаkrоiqtisоdiy o’lchаmlаri. Yalpi milliy mаhsulоt vа uning hаrаkаt shаkllаri Rеjа


-2016 yillarda kichik biznes ulushining o`zgarish dinamikasi


Download 1.01 Mb.
bet5/7
Sana08.11.2020
Hajmi1.01 Mb.
#142694
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy iqtisоdiyot vа uning mаkrоiqtisоdiy o

2000-2016 yillarda kichik biznes ulushining o`zgarish dinamikasi 
(YaIM ga nisbatan foizda)



Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab quvvatlash va yanada rag`batlantirish natijasida uning YaIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2016 yilda 56,9 foizgacha oshdi.

2. Yakuniy iste`mol usulida yalpi ichki mahsulot

Yakuniy iste`mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to`g`risidagi ma`lumot yakuniy iste`mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o`sishi uchun iste`mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YaIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha asosiy proportsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.

2-jadval

YaIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha tarkibi

 

1991y.

1995y.

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.

YaIM – jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Yakuniy iste`mol 
xarajatlari


77,0

72,9

80,6

64,3

64,8

74,4

uy xo`jaliklari

54,9

50,1

60,9

47,4

47,9

57,5

davlat boshqaruvi organlari

20,7

22,3

18,7

15,9

15,8

16,1

UXXKNT

1,4

0,5

1,0

1,0

1,1

0,8

Yalpi jamg`arilish

26,8

24,2

19,6

28,0

26,6

24,9

asosiy kapitalning yalpi jamg`arilish

25,1

33,0

24,0

22,0

27,3

27,8

moddiy aylanma vositalari zaxirasining o`zgarishi

1,7

-8,8

-4,4

6,0

-0,7

-2,9

Tovar va xizmatlar eksport-importi saldosi

-3,8

2,9

-0,2

7,7

8,6

0,7

eksport

35,3

31,6

26,5

37,9

33,1

18,8

import

39,1

28,7

26,7

30,2

24,5

18,1

 

Joriy narxlarda YaIM iste`moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy iste`mol xarajatlariga xissasiga to`g`ri keladi. Yakuniy iste`mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo`jaliklari xarajatlari xissasiga to`g`ri keladi va ularning salmog`i 1991-2016 yillarda 44 foizdan 63 foizgachani tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda YaIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o`zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 foizdan 2016 yilda 16,1 foizga kamayish tendentsiyasiga ega bo`ldi.

Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo`jaliklariga ko`rsatilgan nobozor xizmatlarining YaIM dagi ulushi o`rtacha 1,1 foizni tashkil etadi.

Yalpi jamg`arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o`sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg`arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lib, YaIM ning o`rtacha 25 foizini tashkil qildi. Yalpi jamg`arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko`rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o`sdi.

Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YaIM dagi ulushi o`rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5%, import 28,5% ).

So`nggi yillarda YaIM ning asosiy elementlarida barqaror o`sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

7-rasm

2001-2016 yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi va yakuniy iste`mol xarajatlarining o`zgarish dinamikasi (2000-100%)



2001-2016 yillar mobaynida yakuniy iste`mol xarajatlarining o`rtacha yillik o`sishi 9,6% ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3 baravardan ko`proqqa oshdi. Bu esa, asosan uy xo`jaliklari xarajatlarining 5,3 marta oshishi hisobiga ta`minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada, 2,3 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida jamoat tashkilotlari (diniy, xayriya va x. k.) faoliyatining faollashishi va kengayishi UXXKNT real xarajatlarining 2,3 martaga o`sishiga imkon berdi.

Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari asosiy kapital jamg`arilishning mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish hisobiga barqaror o`sib borayotganligidan dalolat beradi. So`nggi yillarda (2001-2016 yillar) asosiy kapitalning jamg`arilish me`yori YaIM ning 25 foizini tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko`rsatkichlariga mos keladi.

2001-2016 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi 5,4 barobardan ko`proqqa ortdi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati esa 11,5 % tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YaIM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati (7,3 %) dan ko`proqni tashkil etadi.

3. Yalpi hududiy mahsulot.

Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta`minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O`zbekistonda davlat siyosatining ustivor vazifasiga aylandi.

8-rasm

2016 yil uchun yalpi hududiy mahsulot
(mlrd. so`m)



Keyingi yillarda mamlakatning tarkibiy o`zgarishida hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo`naltirilgan bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

Maqsadli hududiy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida Toshkent shahrida (2000 yil bilan taqqoslaganda 4,3 marta), Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,5 marta), Jizzax (3,9 marta), Samarqand (3,8 marta), Namangan (3,5 marta), Andijon (3,3 marta), Surxondaryo (3,3 marta) viloyatlarida YaHM ning izchil o`sish su`atlari ta`minlandi. Shuningdek, kuzatilayotgan davr uchun YaHM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati Toshkent shahrida 109,6 %, Qoraqalpog`iston Respublikasida 108,2 %, Jizzax viloyatida 109,0 %, Samarqand viloyatida 108,7 %, Namangan viloyatida 108,1 %, Andijon viloyatida 107,9 %, Surxondaryo viloyatida 107,8 % ni tashkil qildi.

9-rasm


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling