Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
Nazorat savollari 
1. Marketing faoliyati uchun axborotlarning ahamiyati nimalardan 
iborat? 
2. Marketing axborotlari manbalari va oqimlarini tavsiflab bering. 
3. Marketing faoliyatidagi tashqi mikromuhitning qanday omillarini 
bilasiz? 
4. Marketingni boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va 
foydalanishning asosiy tamoyillarini aytib bering. 
5. Korxona marketing faoliyatida axborot tizimlarining vazifalari 
nimalardan iborat? 
6. Tashqi axborotlar tizimiga nimalar kiradi? 
7. Ichki axborotlar tizimiga nimalar kiradi? 
8. Marketing tadqiqotlari asosida axborotlar ta’minotini tashkil 
qilishning mazmuni nimadan iborat? 
 


163 
7 BOB. BIZNESDA ZAMONAVIY AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 
7.1. Elektron hukumat tushunchasi 
Ko‘p asrlik jahon taraqqiyoti davomida davlat va uning fuqarolari 
o‘rtasidagi munosabatlar muhim ahamiyatga ega, dolzarb masala bo‘lib 
kelgan. Bugungi kunda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi 
huquqiy ongi va madaniyatining oshishi, aholining axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishining o‘sishi davlat 
boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni 
kengaytirish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari 
o‘rtasidagi aloqalarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 
bevosita foydalangan holda kengaytirishni taqazo etmoqda. 
Mamlakatimizda bu sohada keng qamrovli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Axborotlashtirish, 
axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga oid qonunlar, qonun osti hujjatlari 
qabul qilingan hamda bunday qonunlarni takomillashtirish va yangilarini 
qabul qilish jarayoni davom etmoqda. 
Elektron hukumat atamasi dastlab XX asrning 90-yillarida paydo 
bo‘lgan. Bu atamaning paydo bo‘lishiga sabablardan biri bu Internetning 
vujudga kelishi va uning aholi orasida keng tarqalishi hamda dunyo 
hamjamiyati siyosatchilari orasida davlat boshqaruvini liberallashtirish 
va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan konsepsiyalari sabab bo‘lgan. 
Elektron hukumat yangi texnologiyalardan, ayni damda, Internet 
tarmog‘idan samarali foydalangan holda davlat organlari va fuqarolar 
o‘rtasida munosabatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Internet ensiklopediyalarda elektron hukumat atamasiga “fuqarolar, 
biznes va tadbirkorlik subyektlari, davlat hokimiyatining boshqa 
tarmoqlari, davlat xizmatchilariga ariza beruvchi va davlat organlari 
o‘rtasidagi shaxsiy aloqalarni kamaytirgan holda hamda axborot 
texnologiyalarini maksimal qo‘llagan holda axborot berish va davlat 
xizmatini ko‘rsatish” deb ta’rif berilgan. Germaniya Federativ 
Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi memorandum 
tayyorlashda mamlakatning turli qismlaridan 70 dan ortiq ekspertlar 
qatnashgan va bu memorandumda e-hukumat “jamoat fikrini 
shakllantirish jarayoni, normativ huquqiy hujjat muhokamasi, siyosiy 
ma’muriy va davlat funksiyalarini axborot texnologiyalarini intensiv 
qo‘llagan holda amalga oshirish” deb e’tirof etilgan. 


164 
2015-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron 
hukumat to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunni qabul qilishda 
xalqaro tajribani o‘rganib, bugungi kunda uni takomillashtirish yuzasidan 
fikr-mulohazalar, jumladan onlayn muhokamalar olib borildi. Qonun 
loyihasini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan “Elektron hukumat” 
tizimida ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xalqaro tajriba, 
xususan Koreya Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
qonuni, Rossiya, AQSH hamda Yevropa davlatlarining shu yo‘nalishdagi 
qonunchiligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlari tahlil qilinib, muhim jihatlari 
o‘rganildi. O‘zbekistonda “elektron hukumat” tizimini joriy etishning 
dastlabki tajribalari Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazildi hamda 
ular o‘zining ijobiy natijalarini berdi.
O‘zbekistonda bu atamaga huquqiy ta’rif “Elektron hukumat 
to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida keltirilgan bo‘lib, 
“davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslaga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlarini 
ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik 
qilish ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora tadbirlar va texnik 
vositalar tizimidir” deb berilgan. Shuningdek, davlat xizmati, so‘rov, 
ariza beruvchi, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron 
hukumatning yagona identifiqatorlari, elektron davlat xizmati reglamenti, 
elektron davlat xizmati kabi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan. 
Qonunda elektron hukumatning asosiy vazifalari sifatida davlat organlari 
faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash 
belgilangan. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot 
almashinuvini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish 
ko‘rsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
qonuni davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va 
shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini 
kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishini 
mustahkamlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va 
shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyati va ijro intizomini 
kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot 
almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish; 


165 
• ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududidagi davlat 
organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida 
amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish; 
• aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni 
amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining 
o‘zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida 
axborot almashinuvi mexanizmini shakllantirish hisobiga davlat 
boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipni joriy etish; 
tadbirkorlik 
subyektlarini 
elektron 
hujjat 
aylanishidan 
foydalanishga, shu jumladan, statistika hisobotini taqdim etish, 
bojxona 
rasmiylashtiruvi, 
litsenziyalar, 
sertifikatlar 
berish 
jarayonlarida, shuningdek, davlat organlaridan axborot olish 
jarayonida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish; 
• tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot 
tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish 
tizimlaridan foydalanishni, shuningdek kommunal xizmatlarni 
hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning 
avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish; 
• naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini oshirish
masofadan foydalanish tizimlarini, bank moliya sohasidagi 
faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish. 
Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan 
maqsaddavlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi 
bosqichga ko‘tarishdan iborat. Ya’ni “e-hukumat” amaldagi mavjud 
davlat boshqaruvi tizimini o‘zgartirmaydi, unga qo‘shimcha vosita 
vazifasini 
bajarmaydi 
balki, 
yangi 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalarini faol qo‘llagan holda fuqarolarga samarali davlat 
xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 
O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, elektron 
hukumatning maqsadlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
• yuqori darajada axborotlashgan fuqarolik jamiyatiga o‘tish; 
• “bir darcha” prinsipida ishlovchi fuqarolar va davlat organlari 
o‘rtasida integratsiyalashgan yagona makon yaratish; 
• davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash; 
• byurokratik to‘siqlarni yo‘qotish; 
• moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish; 
• korrupsiyani oldini olish. 


166 
Davlat boshqaruvi jarayonida “e-hukumat”ning qo‘llanilishi bir 
qancha ijobiy natijalarga olib keladi. Birinchidan, davlat boshqaruvidagi 
demokratik tamoyillar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling