Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Marketing axborot tizimining afzalliklari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Marketing axborot tizimining afzalliklari
Marketing axborot tizimi ko‘pgina afzalliklarni beradi: • tashkil etilgan axborot to‘plash; • inqirozdan qochish; • marketing rejasini muvofiqlashtirish; • tezlik; • xarajat va foydalar tahlili. Marketing tadqiqotlari bo‘limi faoliyatining samaradorligi asosan korxonaning tashkiliy tuzilmasida unga belgilangan vazifaga bog'liq. Ushbu masalani hal etishda ko‘p hollarda “birinchi shaxs” tamoyiliga asoslanish muhim hisoblanadi. Marketing tadqiqotlari bo‘limi tarkibiga tadqiqot rejalashtiruvchilari, sotsiologlar, psixologlar va matematik modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar kiradi. Marketing axborot tizimda marketing tadqiqotlari quyi tizimini tashkil qilish uchun ma’lum bir ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yaratish zarur, bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • ish tajribasi va maxsus bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassislar shuningdek axborotlarni shakllantirish (qayta taqsimlash) jarayonlarini ta’minlaydigan texnik xodimlar; • intervyu beruvchilar, shuningdek ularning ishlarini boshqarish va nazorat qilish tizimi (supervayzerlar); • marketing axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash tartiblarini ta’minlash bo‘yicha uslubiy ishlab chiqish; • marketing tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini beruvchi moddiy bazani, shuningdek, so‘rov natijalarini kiritish, qayta ishlash va chiqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot. Marketingning zamonaviy kontseptsiyasida bozorlarni o‘rganish ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqotlar kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan strategiyalar va taktikalarni bozorlarda amalga oshirish va maqsadli mahsulot siyosatini olib borish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har 162 qanday bozor tadqiqotining maqsadi mavjud holatni baholash (bozor sharoitlari) va bozor rivojlanish bashoratini ishlab chiqishdan iborat. Bunday keng kompleksli tadqiqotlar dasturi muayyan tovarlarga, korxonaning tabiati, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lami va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Bozor tadqiqotlari - samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim axborot manbayidir. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling