Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi. Elektron 
tijoratning an’anaviy savdo turidan quyidagi harakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi: 
• xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va 
sotib olish imkoniyatiga ega; 
• savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, 
ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati 
mavjud; 
• ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga 
murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari 
yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati; 
• kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor 
firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan 
samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig‘ish va ularni sotib 
olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va 
harajatlarni kamaytiradi; 
xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish 
darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib 
olish imkoniyati; 
• hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan 
mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
• elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) 
sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. 
Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi 
va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning 
aylanma harakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi. 
Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini 
kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini 
oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik hayotida kerakli 


188 
mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin bo‘ladi va shu bois 
bevosita xorij firmalariga chishi mumkin. 
Virtual bank. Virtual bank – bu faqatgina Internet orqali faoliyat 
ko‘rsatadigan va o‘z yuridik maqomiga ega bo ‘lgan bank hisoblanadi. 
Birinchi virtual bank 1995-yil noyabr oyida tashkil etilgan va SFNB 
(Security First Network Bank) deb nomlangan. Keyinchalik, 1996-yilda
“Advance Bank”, 1999-yilda “BankDirect” va “E-bank”. Hozirgi kunda 
dunyoda 1000 dan ortiq virtual bank mavjud. Keyinchalik bank tizimida 
raqobatning kuchayishi natijasida oddiy banklar Internet-banking tizimini 
faol qo‘llashni boshladilar.
1998-yil 24-noyabrda Internet tizimida tovar va xizmatlar bozori 
ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitoblarni xavfsiz real vaqt oralig‘ida 
muntazam ravishda amalga oshirish, shuningdek xususiy pul 
o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney 
Tranfer elektron to‘lov tizimi o‘z faoliyatini boshladi.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling