Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
Fuqarolar 
uchun 
onlayn 
xizmatlar 
(G4C- 
Minwon 
24, 
www.minwon.go.kr , bunda fuqarolarning davlat organlariga tashrif 


180 
buyurmasdan murojaatlar bo‘yicha onlayn tarzda ariza topshirishlari 
hamda ularni soddalashtirilgan tartibda onlayn tarzda ko‘rib chiqish; 
fuqarolarning kundalik hayotlari bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlarni 
umumiy ko‘rib chiqish. Tadbirkorlik uchun yagona oyna (G4B,
www.g4b.go.kr), bunda tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va 
tadbirkorlik bilan bog‘liq boshqa ishlarni onlayn tarzda tezda amalga 
oshirish, kompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq turli ma’lumotlarni tezlikda 
taqdim qilish hamda kompaniya holatini yaxshilash. Soliqlarni to‘lash 
tizimi – Wetax tizimi (www.wetax.go.kr), bunda soliq to‘lovchilar 
mamlakatning qayerida bo‘lishlariga qaramay internet orqali mahalliy 
soliqlar bo‘yicha deklaratsiya qilishi / to‘lovlarni amalga oshirishi 
mumkin bo‘lgan tizim.
7.3. Interaktiv xizmatlar 
Hozirgi kunda respublikamizda veb-saytlar orqali ko‘rsatilayotgan 
interaktiv xizmatlar tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ini tejashda muhim 
o‘rin tutmoqda.
Interaktiv xizmatlar avvalambor veb portallar orqali amalga 
oshiriladi. 
Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu 
Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 
yirik veb-sayt. 
Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal 
(ma’lum mav-zuga bag‘ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, 
shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin. 
Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv 
xizmatlar ko‘rsatiladi: 
• elektron pochta; 
• ma’lumotlarni qidirish; 
veb-saytlarni joylashtirish
• konferensaloqalarni taqdim etish; 
• yangiliklar; 
• forumlar va h.k. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
yakunlari 
hamda 
2013-yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida “elektron hukumat” tizimini 
shakllantirish, jumladan, biznes sohasi va fuqarolarga interfaol davlat 


181 
xizmatlari ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish muhimligini alohida 
ta’kidlagan edi. 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2012-yil 27-iyunda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Milliy axborot-kommunikatsiya 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan 
tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy 
axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi 
«elektron hukumat» tizimini shakllantirish va keng qo‘llashga qaratilgan 
muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Dastur aholining davlat 
hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatini elektron shaklda amalga 
oshirishni ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» 
tamoyilini joriy etish kabi vazifalarni hal etishni o‘z ichiga oladi.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot 
tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va 
yuridik 
shaxslarga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar. 
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
• umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli 
axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot 
resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish
• bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning 
har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish; 
• ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, 
tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora 
xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni 
qayta ishlash natijalarini taqdim etish yoki berish); 
• elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga 
oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash 
shaklida ko‘rsatilishi mumkin. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil sentabr oyida 
Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida axborotlashtirish 
sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi 
imzolangan edi. Ushbu memorandum ayni paytda to‘liq amalga 
oshirilmoqda. 
Koreya Respublikasi «elektron hukumat»ni joriy etish sohasida 
BMT tomonidan har ikki yilda tuziladigan jahon reytingida 
yetakchilardan biridir. Ayni paytda ushbu tizimni rivojlantirish natijasida 
Koreya 
Respublikasida 
«aqlli hukumat» strategiyasi amalga 
oshirilmoqda. 


182 
Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga asosan 
Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan 
Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida 
chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan. 
Ushbu portalning asosiy maqsadlari qilib quyidagilar belgilangan: 
• respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning 
ijtimoiy-siyosiy 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida 
amalga 
oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash; 
• tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro 
hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
• axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, 
tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar 
faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; 
• axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. 
2009 yilgacha portal ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib 
borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, 
foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va 
tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi 
“Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–1041 – sonli 
qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi
versiyasi ishlab chiqildi va 2009-yil 1-oktabrdan faollashtirildi. Hozirgi 
kunda davlat hokimiyati organlariga veb-saytlar va O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portali (www.gov.uz) orqali to‘rt yuzdan 
ziyod interfaol davlat xizmati ko‘rsatilayotir. 
2013-yilning 1-iyul kuni respublikamizda Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portali www.my.gov.uz ishga tushirildi. Yagona portalda 
fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida birinchi navbatda davlat 
organlariga murojaatlarni elektron ravishda yuborish xizmati joriy etildi. 
2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
hozirda 308 xil davlat xizmatini ko‘rsatmoqda. Bu xizmatlarning 176 xili 
to‘la interaktiv va avtomatlashtirilgan, qolganlari esa faqat ma’lumot 
olish yoki ariza berish uchun mo‘ljallangan. 


183 
Hozirgi kunga qadar Yagona portal orqali fuqarolardan davlat 
organlariga 2000000 ga yaqin murojaatlar yuborilgan, ularning 99 foizi
o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan va qolganlari esa ish jarayonida
1

Portal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet 
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-
dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan yaratilgan. 
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mamlakatimizda “Elektron 
hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir 
muhim qadam hisoblanadi. Yagona portalning shiori – “Xizmatlar yangi 
qiyofada” deb nomlanadi va bu on-layn tarzda yagona nuqta orqali davlat 
interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi.
Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida kundalik 
turmushga taaluqli soha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi interaktiv 
xizmatlar taqdim etilmoqda. Ularning ichida avtomatik tarzda taqdim 
etiladigan “Yuridik va jismoniy shaxslar uchun Internet va statsionar 
telefon ulash uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib 
chiqish” va “Davlat soliq xizmatlari organlari tomonidan soliq qarzi 
mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun arizalarni qabul 
qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish”, “Telekommunikatsiya sohasiga 
tegishli litsenziyalarni olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish” kabi 
xizmatlar mavjud. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun tegishli 
litsenziyalarni olish uchun arizalarni elektron ravishda yuborish 
xizmatlari ham joriy etilgan. Asosiy e’tibor aholidan kelib tushgan 
murojaatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Yagona portal orqali fuqarolar 
va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga o‘z murojaatlarni yuborishlari mumkin. Shuni 
ta’kidlab o‘tish kerakki, Yagona portal orqali taqdim etiladigan interaktiv 
davlat xizmatlar ichida yarim avtomatik tarzda taqdim etiladigan axborot-
ma’lumot xizmatlari ham mavjud. Yagona portalning yana bir asosiy va 
zarur bo‘lgan jihatlaridan biri, bu -“Statistika” modulidir. Ushbu modul 
orqali davlat organi tomonidan foydaluvchining murojaat va arizalarini 
real vaqt tarzida ko‘rib chiqish va bajarish jarayonini kuzatish mumkin. 
Ushbu modul davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi 
darajasini oshirish, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlikning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. 
1
URL: https://my.gov.uz. (Murojaat qilingan sana: 10.04.2018 )


184 
O‘tgan vaqt davomida Yagona portalda foydalanuvchilarga yanada 
kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator yangi xizmatlar joriy 
etildi. Misol uchun, davlat organidan olingan javobni baholash va ularga 
izoh yozish, yangi xizmatlarni taklif etish, murojaatni bekor qilish 
xizmatlari shular jumlasidandir. 
Bundan tashqari Yagona portalga respublikamizning barcha tuman 
(shahar) hokimliklari ulandi.
Endi Yagona portal orqali murojaat yo‘llanganda, fuqaro o‘zining 
turar joy manzili bo‘yicha tegishli shahar yoki tuman hokimligini tanlashi 
va unga o‘z murojaatini yo‘llashi mumkin. Ushu xizmat murojaatni 
tegishli davlat organiga va ijrochiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkonini 
beradi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolar va davlat organlarinig vaqtini 
tejash, murojaatlar bilan ishlash sifatini hamda davlat organi ish 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari 
portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat 
portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko‘rsatadi. 
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish 
ushbu O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari 
portali to‘g‘risida Nizomga muvofiq ro‘yxatga olish va avtorlashtirish 
tartibotidan o‘tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi. 
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu 
jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan 
erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. 
Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat 
qilish uchun imkoniyat berish; 
• foydalanuvchilarni 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash
• foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi 
samaradorligini oshirish; 
• davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun 
byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; 
• «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga 
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish. 
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish 
asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-
sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun 
mo‘ljallangan. 


185 
Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki 
tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat 
organlari tomonidan ko‘rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ko‘rsatiladi. 
Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reestri (keyingi o‘rinlarda 
Yig‘ma reestr deb ataladi) Kompyuterlashtirish va axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. 
Yig‘ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy 
tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak. 
Portalda samarali aloqani yo‘lga qo‘yish va davlat organlarining 
murojaatlar bilan ishlashi haqida fuqarolar fikrini hisobga olish 
maqsadida portalda «Baholash» xizmati yordamida qaytarilgan javobga 
sharh berish imkoniyati mavjud. Bu tizim davlat organlarining fuqarolar 
murojaatlari bilan mukammal ishlash sifatini oshirishga ko‘maklashadi. 
Mamlakatimizda turli tashkilotlar, shuningdek, kommunal xo‘jalik 
sohasi muassasalari faoliyatiga interfaol xizmatlar keng joriy 
etilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2012-yil 21-martda qabul 
qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada 
joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 
muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlarining yagona internet-portali ham 
yaratildi. Ayni paytda portal sinov rejimida ishlamoqda, undan e-
kommunal.uz manzili orqali foydalanish mumkin, portalda kommunal va 
ijtimoiy xizmatlarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. 
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad uy-joy kommunal xo‘jaligi 
sohasida aholi, nazorat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 
va mahallalar, shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot 
almashinuvini 
osonlashtiradigan 
umumiy 
kommunikatsiya 
infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. Bu aholi mablag‘larining maqsadli 
sarflanishini ochiq nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu 
esa, o‘z navbatida, taqdim etilayotgan kommunal xizmatlar sifatini 
yaxshilashga ko‘maklashishi lozim. 
Hozirgi vaqtda portalda poytaxtimizdagi mavjud xususiy uy-joy 
mulkdorlari shirkatlari, pochta bo‘linmalari, tibbiyot muassasalari, 
banklar va militsiya tayanch punktlari, banklar filiallari hamda mini-
banklar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi jamlangan. 
Shunday qilib, respublikamizda amalga oshiralayotgan islohotlar va 
AKT ni keng joriy etish natijasida yaratilgan Yagona portal tizimi orqali 
har xil xizmatlarning joriy etilishi fuqarolarning muammolarini yanada 
tezroq va samaraliroq hal etishga yordam beradi va respublikamiz 


186 
aholisini Yagona portal xizmatlari va imkoniyatlaridan yanada kengroq 
va faolroq foydalanishga imkon yaratib beradi. Bu borada ko‘rilayotgan 
choralar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-
oshkoraligi va ishonchliligini ta’minlash, ularning aholi bilan o‘zaro 
hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling