Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Budjetni hisoblash dasturlari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hyperion Pillar , Corporate Planner , Adaytum Planning , Nefrit
- 7.6. Korxona resurslarini boshqarish(ERP)
Budjetni hisoblash dasturlari. Budjetni shakllantirishda ikki yondashuv mavjud: rahbariyatning yakka boshchiligida va mutaxassisning boshchiligida tuziladi. Ushbu jarayonlar murakkab bo‘lganligi sababli bunda maxsus dasturiy ilovalar qo‘llaniladi. Bu sohada mashhur bo‘lgan quyidagi dasturlar mavjud: Hyperion Pillar, Corporate Planner, Adaytum Planning, Nefrit va boshqalar. “Hyperion Pillar” dasturi budjetni shakllantirishdagi to‘liq dastur bo‘lib, u barcha ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Ushbu dasturga xarajatlar va kutiladigan daromadlar kiritiladi. Hisoblash jarayonida dinamik model yaratiladi va unda har bir pog‘onada, o‘zgartirishlar kiritish imkoni bilan mas’ul shaxslar belgilanadi. “Hyperion Pillar” dasturi boshqa dasturlar bilan o‘zaro ma’lumotlar almshuvini amalga oshirishi mumkin, masalan, Enterprise, Essbase OLAP Server va Reporting dasturlari. “Corporate Planner” dasturi esa faqat kichik firmalarda qo‘llaniladi va unda budjet tarkiblangan daraxt sifatida shakllantiriladi. Daraxtning tugunlarida rejaviy, amaldagi qiymat va ularning farqi ko‘rsatiladi. Tugunlar bir-biri bilan formulalar bilan bog‘lanadi. “Adaytum Planning” dasturi uch o‘lchovli elektron jadvallar yaratib, har xil kesimda chiqarish funksiyalaridan iborat. “Nefrit” dasturi yirik, xolding shakldagi kompaniylar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshlang‘ich ko‘rsatkichlar quyi bo‘limlardan olinib, jamlangan budjetni yaratadi. Undagi ishlash tamoyillari elektron protsessorlarda qabul qilingan texnologiyalarga asoslangan. 7.6. Korxona resurslarini boshqarish(ERP) Korxona boshqaruvida zamonaviy konsepsiyalarni joriy etish o‘ta dolzarb 194 ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ham bu borada to‘xtalib, “...zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir”- deb ta’kilab o‘tgan edi. Shu bilan bir qatorda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning zarurligi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham belgilab olindi. Ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi har bir korxona oldiga yangicha boshqaruv konsepsiyalarini joriy etishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina kam harajat qilgan holda yuqori daromad olish imkoniyatiga ega samarali korxonalargina raqobatga bardosh bera oladilar. Korxona harajatlari ikkita omil: tashqi va ichki omillarga bog‘liq. Tashqi omillarga korxona o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi, ya’ni ular natijasida yuzaga keluvchi harajatlarni kamaytira olmaydi. Ichki omillar natijasida yuzaga keluvchi harajatlarga esa korxona o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ya’ni uni kamaytirishi mumkin. Korxona resurslarini boshqarish aynan korxona uchun ichki omil hisoblanadi va shu sababdan, resurslarni samarali boshqarishni tashkil qilish korxona ixtiyorida bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda korxona raqobatbardoshligini oshirishda resurslarni samarali boshqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi. U yoki bu korxonada boshqaruv hisobi joriy etilgach, uni izchil takomillashtirib borish ham muhim ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari shiddat bilan rivojlanar ekan, bu holat korxonalardan davrga moslashuvchanlikni talab etadi. O‘z navbatida, bozorga moslashish, unda yuqori daromad va obro‘ga ega bo‘lgan korxona maqomini saqlab qolish uchun uning boshqaruv, ishlab chiqarish, hisob tizimi zamon talablariga javob bermog‘i lozim. Boshqaruv hisobi yirik ma’lumotlar bazasi bilan ishlar ekan, uni takomillashgan dasturiy ta’minotlarsiz faraz qilib bo‘lmaydi. Boshqaruv hisobini takomillashtirishning eng muhim omillaridan biri, aynan maxsus dasturiy ta’minot bilan faoliyatni avtomatlashtirishdan iboratdir. Yurtimizdagi chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan korxonalarda boshqaruv hisobini avtomatlashtirish ishlari natijasida 195 butun korxona faoliyatida nafaqat buxgalteriya, balki boshqa bo‘limlar faoliyati ham yagona dasturiy ta’minot orqali avtomatlashtirilganligining guvohi bo‘lish mumkin. Korxona faoliyatini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi dasturlar ichida maxsus ERP tizimga alohida izoh berib o‘tamiz. APICS (American Production and Inventory Control Society) lug‘atida “ERP-tizim” atamasiga quyidagicha izoh berilgan: ERP tizim – Enterprise Resource Planning, ya’ni korxona resurslarini boshqarish tizimi, deb tarjima qilinib, u korxonada sotish, ishlab chiqarish (ish, xizmat ko‘rsatish), xarid qilish va ular bilan bog‘liq hisob tizimini identifikatsiyalash hamda barcha resurslarini rejalashtirishni amalga oshiruvchi axborot tizim hisoblanadi. ERP tizimning asl maqsadi – bu korxonaning barcha bo‘limlari faoliyatini yagona kompyuter tizimiga integratsiyalashtirishdir. Zamonaviy korxonalarda ERP tizimini joriy etishning 5 ta sababini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1) Moliyaviy ma’lumotlarni integratsiyalash. 2) Buyurtma borasidagi ma’lumotlarni integratsiyalash. 3) Ishlab chiqarish tizimini standartlashtirish va jadallashtirish. 4) Ombor zaxiralarini kamaytirish. 5) Xodimlar bo‘yicha ma’lumot. Odatda, korxona rahbari korxona faoliyati bo‘yicha hisobot talab etganda, har bir bo‘lim o‘z hisobotini taqdim etadi. Bu jarayonda korxona buxgalteriyasi, ombor mudiri, moliyaviy tahlilchi, xaridlar bo‘limi, bo‘lim boshlig‘ining hisobotlari bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida esa, hisobot integratsiyalashgan tarzda shakllantiriladi va barcha ma’lumotlar o‘zaro muvofiq bo‘ladi. ERP tizimini amalga oshirish natijasida quyidagi asosiy maqsadlarga erishiladi: • korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi; • korxona resurslarini moslanuvchan, samarali va operativ boshqaruvini ta’minlovchi hisoblar rejasining turli qismlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga tegishli tahliliy hisobotlarni shakllantirish; • barcha tabaqadagi boshqaruv xodimlarini to‘liq va o‘z vaqtida axborot bilan ta’minlash; • alohidagi tarkibiy bo‘linmalar hamda butun korxona bo‘yicha pul va tovar-moddiy resurslari oqimi bo‘yicha dolzarb axborotga tez ega bo‘lish; 196 • standart va tahliliy hisobotlarni shakllantirishga sarf bo‘ladigan vaqtni qisqartirish; • hisobot davrlarini yopish uchun ketadigan vaqtni qisqartirish; • alohidagi tarkibiy bo‘linmalar uchun, hamda butun korxona uchun, balansining mujassamlashtirish va shakllantirish uchun ketadigan vaqtni qisqartirish; • me’yoriy hisobotlarni shakllantirish va qabul qilish; • hisob obyektlari orasidagi aloqalarni saqlab qolish; • ma’lumotni ikkilamchi kiritilishini oldini olish; • korxona budjetiga muvofiq mablag‘larni ishlatilishi ustidan markazlashtirilgan nazorat olib borish; • debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari ustidan markazlashtirilgan hisob olib borish; • harajatlarni markazlashtirilgan nazorati hamda samarasiz va yuqori harajatli xaridlarning oldini olish; • zaxiralarni boshqarish va ularning oqimini nazorat qilish; • tayyor mahsulotni sotuvi ustidan markazlashtirilgan boshqaruv; • ma’lumotlarni ishlatishga qaratilgan xodimlarning qo‘l mexnatiga ketadigan vaqtini qisqartirish; • axborot tizimini ta’minlash uchun ketadigan odam va moliyaviy resurslarni qisqartirish; • axborot tizimining mustahkamlik darajasi va mobilligini oshirish; • ma’lumotlarning ishonchlilik va xavfsizlik darajalarini oshirish. Bularga yagona ma’lumotlar bazasini yaratish orqali erishiladi: 7.6.1. - Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM) Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling