Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


“Forecast Expert” bashoratlash tizimi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168
“Forecast Expert” bashoratlash tizimi. Ushbu tizim amaliy 
bashoratlashning universal tizimi bo‘lib, unda korxonaning ishlab 
chiqarish sohasi yoki pul mablag‘larining aylanmasi, aviachiptalarni 
sotilishi va shu kabi istalgan sohasi bo‘yicha bashoratlash imkoni 
mavjud. Bashoralash ko‘rsatilgan ehtimol darajasidagi aniqlik bilan 
beriladi. Unda mavsumiy parametlarini ta’sirini ham kiritish nazarda 
tutilgan.
“Marketing Expert” qaror qabul qilish tizimi. Ushbu tizim 
marketing sohasida qo‘llanib kelinmoqda. Unda quyidagi masalalar 
yechiladi:
1) Marketing faoliyatini audit qilish. 
2) Firmaning bozordagi holatiga baho berish, raqobatchilar bilan 
taqqoslash, salbiy va ijobiy jihatlarni aniqlash. 
3)Marketingni rejalashtirish. Firmaning bozordagi siyosatini 
optimal variantini ishlab chiqish. Bu yerda quydagi usullarni 
qo‘llash nazarda tutilgan: GAP-tahlil, SWOT-tahlil, Portfolio-tahlil 
va boshqalar. 
4)Mahsulotning rentabelliginni baholash.
5)Mahsulot bozorining hajmini hisoblash. 
6)Mahsulot narxini hisoblash.
7)Mahsulotlarni optimal taqsimlash.
 
“Project Questionnaire & Project Risk” modullari. Ushbu 
modullar mustaqil ilova bo‘lishiga qaramay, ular Project Expert tizimini 
kengaytirishga ham qaratilgan. Samarali moliyaviy tahlilni o‘tkazish 
uchun matematik usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Lekin ko‘p 
hollarda parametrlarning ko‘pligi tufayli, sonli natijalarga erishish 
muammoli hisoblanadi. Shu bois, sifat nuqtayi nazar tajribalar 
o‘tkaziladi. Qayd etilgan modullar sifatli tahlilda qo‘llaniladi. Ekspertli 
baholash usullariga asoslangan ushbu modullar loyihaning har xil 
variantlarda baholash va uning rivojlanish shartlarini aniqlashga imkon 
beradi.
 
“Project Expert - Biz Planner” dasturi. Ushbu dastur kichik va 
o‘rta korxonalarda investisiyalarni rejalashtirish va ularning 
samaradorligini aniqlashga qaratilgan. Dastur qisqa muddat ichida sifatli 
biznes loyihani ishlab chiqish imkonini beradi. Umumiy holda dastur 
yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin: 
• davomiyligi 5 yilgacha bo‘lgan loyihalarni shakllantirish;


193 
• loyihani tanlangan valyuta birligida hisoblash; 
• har bir mahsulot va xizmat uchun qo‘shimcha xarajatlarni hisoblash; 
• har bir mahsulot uchun marketing strategiyasini mustaqil ishlab 
chiqish;
• loyihani moliyalashtirish strategiyasini aniqlash;
balansni tuzish, daromadlar bo‘yicha hisobot tuzish, “cash-flow” pul 
mablag‘larinni harakatini hisoblash;
• xalqaro qabul qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblashlarni amalga 
oshirish; 
• hisobotlarni bir necha tillarda tuzish; 
• natijalarni chop qilish yoki MS Word dasturiga uzatish.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling