Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
MB Top-menejerlar Hisobotl Axborotlarni buzilib kelishligini anglatuvchi shartli belgi O‘rta menejerlar MB siga axborotlarni kirituvchilar Yagona ma’lumotlar bazasida axborotlar harakati 197 CRM (ingl. Customer Relationship Management). CRM – bu maxsus dasturiy ta’minot bo‘lib, topshiriqlarni rejalashtirish va ularni bajarilishini nazorat qilish, mijozlarni hisobini olib borish, hujjatlarni yaratish va ularni saqlash kabi ishlarni avtomatlashtirishga qaratilgan tizimdir. CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, me’yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. CRM - tizimi mijoz haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi kompyuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, harajatlarni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni ko‘paytirish, turistik tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarida qo‘llaniladi. CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur: • aloqa va mijozlar bazasini boshqarish; • savdoni boshqarish; • telefon orqali savdo (telemarketing); • vaqtni boshqarish (taym-menejment); • mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat); • marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish); • yuqori rahbariyat uchun hisobot; • boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish; • ma’lumotlarni bir-biriga moslashtirish; • elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan bog‘lanish, mijozlar va sheriklar uchun portal); • mobil savdoni boshqarish (kompyuter, noutbuk yoki uzoqdan foydalana olish). Menejment nuqtayi nazar CRM-tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega: • topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; • ish bilan yuklanishini tartibga solish; 198 • mijozlar haqidagi axborotlarni saqlash; • hujjatlar va hisobotlarni yaratishni avtomatlashtirish; • birgalikda ishni tashkillashtirish; • xodimlarning faolligini kuzatish; • xodimlarni rag‘batlantirish yoki jazolash; • korxonadagi vaziyat haqida to‘liq mq’lumotga ega bo‘lish. Shunday qilib, ushbu tizim har bir topshiriqni eslatadi va uni bajarilishini nazorat qilish. CRM tizimida ishlashda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish zarur bo‘ladi: 1. Paydo bo‘ladigan barcha masalalar tizimga muntazam kiritishilishi lozim. 2. Topshiriqlar sonini cheklash zarur. 3. Topshiriqlarni ertaga qoldirishga harakat qilmang. 4. Korxona xodimlariga CRM tizimini joriy etish maqsadini aniq tushuntirib bering va tizim bilan doimiy ishlashni talab qiling. 5. Barcha xodimlar ishni CRM tizimidan boshlashlari kerak. CRM sohasida quyidagi tizimlar ishlab chiqilgan: • megaplan – mijozlar bilan ishlashga qaratilgan va moliya hisoblarini olib boradi, tizim pulli. • CRM «Prostoy.ru» - keng tarqalgan CRM tizimi, 5 ta xodim uchun bepul tizim. • Clientbase.ru – qulay va arzom CRM tizimi, bepul variant ham mavjud. • Avenuesoft.ru – virtual ofis. • Amocrm.ru – on-line CRM tizimi, b2b tamoyiliga asoslangan. • Consileri.ru – 2-3 xodimdan tashkil topgan kichik biznesga mo‘ljallangan. • Rbs-crm.ru – to‘liq CRM tizimi, pulli. Shular bilan birga quyidagi on-line tizimlar ham mavjud: • “Bitrix24” – bepul variantida ba’zi-bir imkoniyatlar cheklangan, ammo foydalanuvchilar soni chegaralanmagan. • Sails-crm.com – oddiy va tushunarli CRM-tizim bo‘lib, kontaktlar soni 500 tagacha. • Onlyoffice.com – hujjatlarni, jadvallarni, taqdimotlarni yaratishni o‘z ichiga olgan CRM-tizim notijorat tashkilotlar uchun bepul tizim. • On-crm.ru – 2 ta xodim uchun bepul on-line CRM–tizim. 199 • Megaplan – kichik biznes uchun bepul tizim. • Teamwox.com – 10 ta xodim uchun bepul on-line CRM–tizim. Shunday qilib, CRM-tizim– bu mijozlar bilan bajariladigan ishlarni rejalashtirish, tartiblash va nazorat qilishga qaratilgan dasturiy ta’minotdir. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling