Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
“Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli)
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elastic Compute cloud
- O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish
- Tarmoqqa ulanishning universalligi
- Iste’mol hisobi
8.2. “Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli)
serverlari. “Cloud” (bulutli) hisoblashlar Bulutli hisoblash (ingl. cloud computing) — axborotiy-texnologik konseptsya bo‘lib, hisoblash resurslarining umumiy ”puul”iga (ingl.: pool – birlashma ma’nosida) (masalan, tarmoqda ma’lumotlarni uzatish, serverlar, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, ilovalar va servislarga — alohida hamda jamlangan holda) tarmoq orqali qulay kirishni ta’minlaydi. Oddiyroq qilib, quyidagicha ta’kidlash mumkin: Bulutli hisoblash — ma’lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan texnologiyasi bo‘lib, unda kompyuter resurslari va imkoniyatlari foydalanuvchiga Internet- servis kabi taqdim etiladi. Bunda Internet-servis veb-texnologiyalarga asoslangan lokal tarmoqlarda ham amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya 2006-yilda yaratilgan bo‘lib, IDC kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra 2009 yildagi xizmatlar $17 mlrdni, ya’ni axborot texnologiyalari xizmatlarining 5 % ini tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda $175 mlrdni tashkil etgan. Hisoblash resurslaridan umumiy resurs tamoyili 1960-yillarda Djon Makkarti va Djozef Liklayderlar nomlari bilan bog‘liq. Liklayder ushbu g‘oyani 1970 yilda, Arpanet (Advanced Research Projects Agency Network) loyihasida mas’ul bo’lganda ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha har bir inson tarmoqqa ulangan bo‘ladi va undan dastur va ma’lumotlarni qabul qilib oladi. Djon Makkarti esa kompyuterlarning hisoblash imkoniyatlari xizmat sifatida foydalanuvchilarga taqdim etilishini ta’kidlab o‘tgan. Keyinchalik, 1990-yillardan keyin, axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida quyidagi omillar ushbu g‘oyalarni amalga oshirishga imkon yaratdi: 1. Internet tezligininng keskin oshishi; 2. 1999-yilda Salesforce.com saytinining yaratilishi, ya’ni sayt orqali ushbu kompaniya o‘z ilovalaridan foydalanishga imkon yaratib berdi. (SaaS xizmati). 204 3. 2002-yilda Amazon veb-servisining paydo bo‘lishi, unda axborotlarni saqlash va hisoblash ishlarini bajarish mumkin bo‘ldi; 4. 2006-yilda esa Amazon veb-servisida yangi Elastic Compute cloud (EC2) xizmatining yaratilishi, unda foydalanuvchi shaxsiy ilovalarini hisoblashi mumkin bo‘ldi. Amazon EC2 va Amazon S3 xizmatlari dastlabki bulutli hisoblash xizmatlari hisoblanadi. 5. Keyingi qadam, Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan Google Apps platformasi hisoblanadi; 6. Virtual infratuzilmaning yaratilishi; 7. Texnik ta’minotning rivojlanishi, xususan, ko‘p yadroli protsessorlarning yaratilishi va tashqi xotira qurilmalarning hajmining keskin oshishi. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarga Salesforce.com saytining CRM-tizimi asos bo‘ldi (1999). Bunga sabab, unda xizmatlarga yozilish kiritilgan edi va u Internetda kitob do‘konining g‘oyasini rivojlantirgan Amazon.com (2002) servisi bilan bog‘liq. Amazon xizmatlarining rivojlanishi keyinchalik hisoblash elastik g‘oyasini yuzaga keltirib, 2006 yilda Elastic Computing Cloud (Amazon EC2) loyihasini amalga oshirdi. Shundan so‘ng “cloud” va “cloud computing” tushunchalari Google rahbari Erik Shmidt chiqishlarida qayd etildi. 2009-yilda Google Apps ilovalarining yaratilishi ushbu g‘oyaning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 2009—2011 yillarda asosiy tushunchalar paydo bo‘lib (SaaS, PaaS, IaaS), keyinchalik bularning hammasi bulutli texnologiyalar deb ataldi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, bulutli hisoblash tizimlarining keskin rivojlanishiga Google, Amazon va boshqa internet servislarining paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Axborot texnologiyalari sohasidagi quyidagi o‘zgarishlar hisobidan ushbu texnik rivojlanishning amalga oshishi mumkin bo‘ldi: 1. Ko‘p yadroli protsessorlarning rivojlanishi natijasida: • unumdorlikning o‘sishi; • qurilmalar narxining pasayishi; • elektr ta’minotiga bo‘lgan talabning kamayishi. 2. Ma’lumot tashuvchilar hajmining o‘sishi, ya’ni, 1 Mb axborotni saqlash xarajatlarining kamayishi natijasida: • saqlanadigan axborot hajmining “cheksiz”ligi; • axborotni saqlash xarajatlarining kamayishi. 3. Parallel hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi natijasida: • ko‘p yadroli hisoblash tizimlaridan samarali foydalanish; 205 • kompyuter imkoniyatlarini talab bo‘yicha taqsimlash. 4. Virtual texnologiyalarning rivojlanishi natijasida: • virtual infratuzilmani yaratish dasturiy ta’minotining ishlab chiqilishi; • tizimning osongina masshtablashtirilishi; • bulutli tizimlarini boshqarish xarajatlarining kamayishi; • Interrnet orqali virtual infratuzilmaga kirishning osonligi. • tarmoqning axborot o‘tkazish imkoniyatlarining o‘sishi natijasida: • bulutli tizimlarda ishlash tezlgining o‘sishi; • Internet trafik tannarxining pasayishi; • bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi. Shularning barchasi bulutli texnoliyalarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi kunda bulutli texnologiayalar foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: • O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (ingl. self service on demand) — iste’molchi mustaqil ravishda hisoblash tizimiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlashtiradi, masalan serverda ishlash vaqtini, ulanish va qayta ishlash tezligini, ma’lumotlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan hajmda diskdan joy ajratish; • Tarmoqqa ulanishning universalligi — terminal sifatida qanday qurilma bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchilarga tarmoq orqali ma’lumotlar uzatish xizmati ko‘rsatiladi; • Resurslarni birlashtirish ( ingl. resource pooling) — xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarning soni ko‘payganda o‘z resurslarini birlashtirib yagona «pul» tashkil qiladi va foydalanuvchilarning talablariga qarab o‘z imkoniyatlarini foydalanuvchilarga dinamik taqsimlaydi; • Elastiklik — xizmatlar avtomatik ravishda istalgan vaqtda taklif qilinishi, kengaytirilishi, qisqartirilishi mumkin va bu ishlar xizmat beruvchi bilan bo‘ladigan muloqotga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshiriladi; • Iste’mol hisobi — xizmat ko‘rsatuvchi avtomatik ravishda iste’mol qilingan resurslarning hisobini olib boradi, masalan, saqlanadigan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarni o‘tkazish imkoniyati, foydalanuvchilar soni, tranzaksiyalar soni va shular asosida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini aniqlaydi. 206 Xizmat ko‘rsatuvchi nuqtayi nazaridan, resurslarni birlashtirish va ularni iste’mol qilinishi doimiy bo‘lmaganligi sababli, bulutli hisoblashlar kichik apparat resurslar hisobidan yirik masalalarni yechish imkonini beradi. Agar har bir foydalanuvchi resurslar aniq belgilab qo‘yilsa, bunday natijaga erishib bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyada esa resurslarni ajratish avtomatlashtirilgan holda qayta taqsimlanadi. Foydalanuvchi nuqtayi nazaridan, ushbu texnologiya xizmat ko‘rsatishida uzilishlar deyarli bo‘lmaydi. Bulutli texnologiayalarning tashkillashtirish tamoyilidan kelib chiqqan holda uning quyidagi turlari e’tirof etilgan: Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling