Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infratuzilmani yaratish xizmati
Platformali xizmat (PaaS, ingl. Platform as a Service) — ushbu
modelda iste’molchiga bulutli infratuzilmada bazaviy dasturiy ta’minotni joylashtirish imkoni beriladi. Keyinchalik unda amaliy ilovalarni joylashtirish mumkin bo‘ladi, masalan, shaxsiy ilovasini yoki boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan ilovalarni. Ushbu platforma tarkibiga amaliy dasturlarni yaratish, testlash va bajarish instrumental vositalari kiradi, masalan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, bog‘lovchi dasturiy ta’minotlar, dasturlash tillari esa bulutli provayder tomonidan taqdim etiladi. Bu yerda keltirilgan bog‘lovchi dasturiy ta’minot ( ingl. middleware ) bo‘lib, adabiyotlarda har xil nom bilan ataladi, masalan, o‘rta pog‘ona dasturiy ta’minot , o‘rta qatlam dasturiy ta’minot , qism dasturlar ta’minoti, platformalararo dasturiy ta’minot. Ushbu bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi turlari mavjud: ➢ Taqsimlangan obyektlar tizimi (DOS, ingl. distributed object system) yoki taqsimlangan obyektlar texnologiyalari (DOT, ingl. distributed object technology); ➢ Ma’lumotlar bazasiga yo‘naltirilgan ( ingl. database access middleware) ➢ tranzaksiyalarni kuzatuvchi; ➢ masofadan protseduralarni chaqirish (RPC, ingl. remote procedure call); ➢ xabarlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan (MOM, ingl. message- oriented middleware). Quyidagi sohalarda qo‘llashga qaratilgan: ➢ dasturiy ta’minotning mijoz qismining ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda; ➢ tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlarining o‘zaro bog‘lashda; ➢ operatsion tizim va amaliy dasturiy ta’minotni bog‘lashda; ➢ amaliy dasturiy ta’minotni tarmoq bilan bog‘lashda. Infratuzilmani yaratish xizmati (IaaS, ingl. Infrastructure as a Service) – bulutli infratuzilma resurslarini, ya’ni qayta ishlash, saqlash, 208 tarmoqlar va boshqa hisoblash resurslarini, mustaqil boshqaradi. Bunda foydalanuvchi istalgan dasturiy ta’minotni (operatsion tizim, amaliy dasturiy ta’minot, platformali dasturiy ta’minot) kompyuterda o‘rnatishi, ishga tushirishi mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchi operatsion tizimni, ma’lumotlarni virtual saqlash tizimini, o‘rnatilgan ilovalarni nazorat qiladi, bundan tashqari tarmoq servislarini, masalan, tarmoqlararo ekran, DNS, chegaralangan holda nazorat qiladi. Bulutli provayder esa bulutli infratuzilmani fizikaviy va virtual tomonlarini nazorat qiladi va boshqaradi. Quyidagi xizmatlar ham ba’zi-bir adabiyotlarda qayd qilingan: • apparatli ta’minot xizmati (Hardware as a Service) —bunda foydalanuvchiga texnik qurilmalar ijaraga beriladi va uni istalgan maqsadda ishlatamiz. Ushbu xizmat turi «Infratuzilmani yaratish xizmati» ga yaqin bo‘lib, faqatgina bu yerda foydalanuvchi texnik qurilmalarda istagan infratuzilmani o‘zi tanlagan dasturiy ta’minot yordamida yaratadi. • ishchi o‘rin xizmati (Workplace as a Service) — korxonaning ishchilariga avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratishda bulutli texnologiyadan foydalanish nazarda tutiladi, masalan zaruriy dasturiy ta’minotni o‘rnatish va parametrlarini sozlash. • ma’lumotlarni saqlash xizmati (Data as a Service) — bunda foydalanuvchiga tashqi doimiy xotiradan joy ajratiladi va unda foydalanuvchi katta hajmdagi ma’lumotlarini saqlash imkoniga ega bo‘lishadi. • xavfsizlikni ta’minlash xizmati (Security as a Service) — bunda foydalanuvchi bulutli texnologiyadan foydalanib veb- texnologiyadan foydalanishda xavfsizlikni, elektron pochtadan foydalanishda va shunga yaqin holatlarda xavfsizlikni ta’minlash dasturiy imkoniyatlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida keltirilgan bulutli texnologiyalarni ta’lim sohasida qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: • virtual muhitda ishlash; • talabalarga qulay bo‘lgan tizim taqdim etiladi; • dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan, istalgan paytda foydalanish imkoni paydo bo‘ladi; • tizimning sinxronizatsiyalash imkoniyati. Bulutli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga bosqichma-bosqich kiritilishi natijasida foydalanuvchilar tarmoq orqali axborot almashish xulqi va madaniyatini shakllantirish bilan birga, muammoli o‘quv 209 vaziyatlarining pedagogik va tashkiliy yechimlarini taklif etadi, shuningdek, barcha ta’lim jarayoni ishtirokchilarining ta’lim olish sifatini oshiradi. Shunday qilib, bulutli texnologiyalar xizmatlariga bo‘lgan talabning oshishi keyingi o‘n yillikdagi axborot texnologiyalarining rivojlanishini belgilab beradi. Axborot texnologiyalarining xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi ushbu yo‘nalish orqali o‘sadi. Buning asosiy sabablaridan biri – bu korxonalarning bevosita kompyuter tarmoqlarini yaratishdagi va rivojlantirishdagi bo‘lgan sarf-xarajatlarining keskin kamayishi hisoblanadi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling