Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


 Yetkazib berish zanjirini boshqarish (SCM)


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168
7.7. Yetkazib berish zanjirini boshqarish (SCM)
SCM (Supply Chain Management) tizimi korxonaga xom-ashyoni 
yetkazib berishni boshqarishga yo‘naltirilgan tizim hisoblanadi. SCM 
moduli barcha ERP tizimi tarkibida mavjud bo‘ladi.
Bunda quyidagi masalalar yechilishi talab etiadi: 
• ta’minlovchilar tarmog‘i: iste’molchilar, omborlar, ishlab chiqarish 
quvvatlari soni, joylashuvi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
• tovarlarni tarqatish strategiyasi: tovarlarni yetkazish sxemasini, 
transport vositalarini tanlash, zaxiralarni to‘ldirish strategiyasi, yuk 
tashilishini nazorat qilish kabi faoliyatni tezkor nazorat qilish. 
• logistikani optimallashtirish: Xarajatlarni optimallashtirish 
maqsadida taqsimotlarni aniq bajarish.
• yagona axborot makoni: Sodir bo‘ladigan jarayonlar haqidagi 
axborotlarni (so‘rovnomalar, tovarlar zaxiralari, yuk tashish ) 
yagonaligini ta’minlash.
• texnik materiallar bilan ta’minlashni boshqarish: xom-ashyo, 
tovarlar zaxirasi, tayyor mahsulotlar hajmi va manzillari 
boshqariladi. 
moliyaviy 
mablag‘lar 
harakatiini 
boshqarish: 
logistika 
ishtirokchilariga sharoitlar yaratish va ular orasidagi xizmatlari 
to‘lovlarini amalga oshirish. 
SCM asosan ERP va CRM tizimlari tarkibida bo‘ladi va ushbu 
tizimlardagi ma’lumotlar logistika jarayonida qo‘llaniladi.
7.8. Biznesning samaradorligini boshqarish (BPM) 
BPM (Business Process Management) tizimi yoki Biznes 
jarayonlarini boshqarish tizimi — bu korporativ axborot tizimi bo’lib, 
kompaniya boshqaruv jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan va 
biznesni samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan tizimdir.
BPM tizimi xilma-xil biznes jarayonlarini boshqarishga imkon 
beradi. Ushbu tizim jarayonlarni grafik sxemalarini tasvirlashga va ularni 
tahlil qilishga va jarayonlarni optimallashtirishga imkon beradi. 
BPM tizimlari quyidagi yutuqlarga olib keladi: 
• xodimlar uchun tizim bilan ishlash soddaligi; 


200 
• joriy etilgan tizimga sarflangan xarajatlarning qoplanish davri 
qisqaligida; 
• boshqaruvchilar tomonidan jarayonni nazorat qilish; 
• ish vaqtini samarali boshqarish. 
Bulardan tashqari, BPM tizimini boshqa axborot tizimlari bilan 
birlashtirish mumkin.
BPM tizimi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
• korxonaga mos jarayonlarni modellashtirishning dasturiy yechimi;
• qoidalarni shakllantirish va ularni boshqarish vositasi
• biznes modeliga moslashuvni ta’minlovchi modullar;
• hisobotlarni shakllantirish uchun workflow-vositalari; 
• monitoring tizimi va tahlil moduli. 
Shunday qilib, haqiqiy model shakllanganda unda quyidagi 
modullar mavjud bo‘ladi: 
• jarayonlarni grafik va dinamik modellashtirish orqali mavjud 
muammolarni aniqlash, masalan resurslar bo‘yicha, va shu bilan ish 
tartibiga o‘zgartirishlar kiritish; 
• ilovalarni ishlab chiqish: biznes jarayonlarni boshqarish tizimlarida 
qulay va tushunarli interfeyslarni qo‘shimcha yaratish masterlari 
mavjud bo‘lishi kerak; 
faoliyat jarayonini, axborolarni, hujjatlarni boshqarish – bunda 
oldin shakllangan biznes qoidalarni va qo‘yilgan topshiriqlarni 
bajarilishini nazorat qilish; 
• jarayonlar interfeysi — bunda foydalanuvchilar topshiriqlar 
ro‘yxatini ko‘rishi va ulardan asosiylarini bajarilish tartibini 
belgilash va ularni bajarish; 
• jarayonlarni boshqarish, bunda quyidagilar nazarda tutilgan - BPM 
— monitoring, korxona ko‘rsatkichlari, dasturiy tizim 
parametrlarini belgilash, ma’lumotlar va modullarga kirishlarni 
cheklash, tahlil qilish va hisobotlarni shakllantirish. 
BPM tizimi to‘g‘ri ishlashi uchun loyihalashtirish, korxonada 
mavjud axborot tizimi bilan birlashtirish va tizimni testdan o‘tkazish
bosqichlarini amalga oshirish lozim.
Business Process Management (BPM) tizimini joriy qilishda 
quyidagi quyitizimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak: 
• jarayonlarni modellashtirish vositalari (Business Process 
Modeling), oddiy xodim tomonidan tashkilotdagi jarayonlarning 
yangi modelini yaratish imkoni; 


201 
• jarayonlarni dastlabki tekshirish vositalari, bunda bajaruvchilarning 
ishtirokisiz jarayonlarni testda o‘tkazish; 
• Workflow-servislari asosida jarayonlarni bajarish shaxsiy muhitini 
yaratish. 
• jarayonlarni bajarilish holatini vizual monitoring qilish vositalari. 
• jarayonlarni birlashtirish vositalari (Business Process Integration), 
bunda korporativ axborot tizimlari bilan yoki o‘zaro 
bog‘lanishlarni tashkil etishni ta’minlash nazarda tutilgan.
• jarayonlar bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarni jamlash va ularni 
tahlil qilish vositalari (Business Process Analysis). 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling