Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


“MS Project” rejalashtirish tizimi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168
“MS Project” rejalashtirish tizimi. Loyihadagi ishlarni bajarish 
uchun resurslar talab etiladi. Ushbu resurslar loyihaning qiymatini va uni 
bajarish uchun imvestisiyalarni muddatini belgilab beradi. Shu bois bu 
yerda ikki ko‘rinishdagi bloklar qollaniladi: personal\texnika va mablag‘. 
Personal resursini qiymatini aniqlashda umumiy ma’lumotlar talab 
etiladi, masalan, ish kuni grafigi, ish haqi (asosiy, ishdan tashqari, stavka 
uchun ajratilgan ish haqi va boshlar) va qo‘shimcha ma’lumotlar. Har bir 
ish turi uchun 5 xildagi to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin, ya’ni bir 
ishchi har xil ishlarni bajarishi mumkin bo‘ladi.
Ushbu tizimda loyihalarni boshqarishni endi o‘zlashtirishga 
kirishganlar uchun soddalashtirilgan imkoniati ham “MS Project Map” 
mavjud. Bundan tashqari yaratilgan fayllarni har xil formatlarda saqlash 
mumkin, masalan, Excel va Access formatlarida. Loyiha ishtirokchilari 
o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun elektron manzillardan (Resource 
Information) foydalanish joriy etilgan. Team Assign buyrug‘i yordamoda 
qanday ishlar amalga oshirilganini va Team Status buyrug‘i orqali 
ishtirokchilar bajaradigan ishlar holati kuzatilishi mumkin.
“Project Expert” rejalashtirish tizimi. Ushbu tizim korxonaning 
moliyaviy ishlarini rejalashtirish va ularni nazorat qilish, korxona 
faoliyatini samaradorligini tahlil qilish kabi ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan. 
Unda 
moliyaviy hisobotlar 
bevosita 
xalqaro
“International Accounting Standards“ standartiga amal qilingan holda 
chop etiladi. Ushbu dastur quyidagi muammolarni hal qilishga 
qaratilgan:
• korxonani moliyalashtirish sxemasini aniqlash; 
• omillarni o‘zgartirish orqali eng maqbul moliyaviy natijaga erishish 
uchun kompyuterli modellashtirish jarayonlarni tashkillashtirish; 
• tashqi muhit omillarini e’tiborga olgan holda (inflyasiya, soliqlar, 
valyuta kursi va boshqalar) istalgan korxona faoliyatini qadamba-
qadam loyihalash; 
• moliyaviy hisobotlarni tayyorlash (mablag‘lar harakati bo‘yicha 
hisobot, balans, daromad va foyda bo‘yicha hisobotlar va boshqalar) 
va investisiyali loyihaning biznes rejasini shaklllantirish; 
• korxonani rivojlantirish rejasini ishlab chiqish, marketing 
strategiyasini yaratish, korxona strategiyasini ishlab chiqish; 
• korxonani to‘liq tahlil qilish. 
Bulardan tashqari Project Expert ma’lumotlarni *.txt va *.dbf 
formatlarga o‘girtirib beradi. Shu bilan birga jadvallar va matnlar Word, 
Excel va boshqa Windows ilovalarga ko‘chirilishi mumkin. Dastur shu 


191 
sohadagi boshqa dasturlar bilan ham ma’lumotlar almashuvini amalga 
oshiradi, masalan, MS Project, Primavera, Project Planner, Audit Expert,
Marketing Expert va Sure Truck. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling