Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
WebMoney Transfer – bu elektron hisob tizimi bo‘lib, unda barcha 
foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari 
mumkin, ya’ni WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari 
bilan Internet tizimida tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida qabul 
qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan 
WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta 
o‘tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin.
O‘z kompyuterida WM Keeper mijozlik dasturiy ta’minot tizimini 
o‘rnatish bilan WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchisi maqomini 
oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o‘z shaxsiy 
WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchun bir 
necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar 
va xizmatlar uchun to‘lov sifatida mablag‘larni bir zumda o‘tkazishi 
mumkin, yoki xususiy o‘tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda 
o‘tkazma uchun foiz – o‘tkazma miqdoridan 0,8%, biroq mutanosib 
ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi
saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa 
foydalanuvchi hisobiga o‘tkazilishi WM Keeper mijozlik dasturiy 
ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Transfer tizimida 
moliyaviy va huquqiy kafolatni tizim garantlari ta’minlaydi. 
Xavfsizlik 
tadbirlari 
majmuasi 
foydalanuvchilarning 
mablag‘laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va 
ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. Maxfiy xabarlar orqali 
boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqot olib borish, shartnoma 


189 
qismlarini muhokama qilish, to‘lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda 
ko‘rsatilganidek, WebMoney Transfer tizimining himoyalanganlik 
darajasi boshqa to‘lov tizimlari nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. 
WebMoney Transfer tizimida foydalanuvchilar o‘rtasidagi bahsli 
holatlarni hal etish uchun Hakamlik xizmati va foydalanuvchining 
xohish-istagiga qarab uning shaxsini tasdiqlovchi elektron raqamli 
attestatlar beruvchi WM-attestatlash xizmatlari mavjud. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling