Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari.
Ma’lumki, hisoblash texnikasi vositalari ishi elektromagnit nurlanishi orqali bajariladi, bu esa, o‘z navbatida, ma’lumotlarni tarqatish uchun zarur bo‘lgan signallarning zaxirasidir. Bunday qismlarga kompyuterlarning platalari, elektron ta’minot manbalari, printerlar, plotterlar, aloqa apparatlari va h.k. kiradi. Kompyuter tizimlari zaxiralariga ruxsatsiz kirish sifatida mazkur tizim ma’lumotlaridan foydalanish, ularni o‘zgartirish va o‘chirib tashlash harakatlari tushuniladi. Agar kompyuter tizimlari ruxsatsiz kirishdan himoyalanish mexanizmlariga ega bo‘lsa, u holda ruxsatsiz kirish harakatlari quyidagicha tashkil etiladi: - himoyalash mexanizmini olib tashlash yoki ko‘rinishini o‘zgartirish; - tizimga biror - bir foydalanuvchining nomi va paroli bilan kirish. Agar birinchi holda dasturning o‘zgartirilishi yoki tizim so‘rovlarining o‘zgartirilishi talab etilsa, ikkinchi holda esa mavjud foydalanuvchining parolini klaviatura orqali kiritayotgan paytda ko‘rib olish va undan foydalanish orqali ruxsatsiz kirish amalga oshiriladi. Ma’lumotlarga ruxsatsiz egalik qilish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni tatbiq etish usullari: ✓ kompyuter tizimlari zaxiralariga ruxsatsiz egalik qilish; ✓ kompyuter tarmog‘i aloqa kanallaridagi xabar almashuvi jarayoniga ruxsatsiz aralashuv; ✓ virus ko‘rinishidagi dasturiy kamchiliklarni (defektlar) kiritish. Ko‘pincha kompyuter tizimida mavjud zaif qismlarni «teshik» lar, «lyuk» lar deb atashadi. Ba’zan dasturlovchilarning o‘zi dastur tuzish paytida bu «teshik» larni qoldirishadi, masalan: • natijaviy dasturiy mahsulotni yengil yig‘ish maqsadida; • dastur tayyor bo‘lgandan keyin yashirincha dasturga kirish vositasiga ega bo‘lish maqsadida. Mavjud «teshik» ga zaruriy buyruqlar qo‘yiladi va bu buyruqlar kerakli paytda o‘z ishini bajarib boradi. Virus ko‘rinishidagi dasturlar esa 263 ma’lumotlarni yo‘qotish yoki qisman o‘zgartirish, ish seanslarini buzish uchun ishlatiladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling