Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Kompyuter tarmoqlarida himoyani tashkil etish
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tarmoqlarida himoyani tashkil etish. Himoyalash
vositalarini tashkil etishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim: • tizim bilan aloqada bo‘lgan subyektlar sonining ko‘pligi, ko‘pgina hollarda esa ba’zi bir foydalanuvchilarning nazoratda bo‘lmasligi; • tarmoqda foydalanuvchiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarning mavjudligi; • tarmoqlarda turli firmalar ishlab chiqargan kompyuterlarning ishlatilishi; • tarmoq tizimida turli dasturlarning ishlatilishi; • tarmoq elementlari turli mamlakatlarda joylashganligi sababli, bu davlatlarga tortilgan aloqa kabellarining uzunligi va ularni to‘liq nazorat qilishning qariyb mumkin emasligi; • axborot zaxiralaridan bir vaqtning o‘zida bir qancha foydalanuvchilarning foydalanishi; • tarmoqqa bir qancha tizimlarning qo‘shilishi; • tarmoqning yengilgina kengayishi, ya’ni tizim chegarasining noaniqligi va unda ishlovchilarning kim ekanligini noma’lumligi; • hujum nuqtalarining ko‘pligi; • tizimga kirishni nazorat qilishning qiyinligi. Tarmoqni himoyalash zarurligi quyidagi hollardan kelib chiqadi: • boshqa foydalanuvchilarning massivlarini o‘qish; • xotirada qolib ketgan ma’lumotlarni o‘qish; • himoya choralarini aylanib o‘tib, ma’lumot tashuvchilarni nusxalash; • yashirincha foydalanuvchi sifatida ishlash; • dasturiy tutgichlarni ishlatish; • dasturlash tillarining kamchiliklaridan foydalanish; • himoya vositalarini bilib turib ishdan chiqarish; • kompyuter viruslarini kiritish va ishlatish. Tarmoq muhofazasini tashkil etishda quyidagilarni tashkil etish lozim: • muhofaza tizimini nazorati; • fayllarga kirishni nazorati; • tarmoqda ma’lumot uzatishni nazorati; • axborot zaxiralariga kirishni nazorati; • tarmoq bilan ulangan boshqa tarmoqlarga ma’lumot tarqalishini nazorati. 264 Tarmoq elementlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ma’lumotlarni muhofaza etish uchun quyidagi choralarni ko‘rish zarur: ✓ ma’lumotlarni aniqlab olishga yo‘l qo‘ymaslik; ✓ axborot almashishni tahlil qilishga yo‘l qo‘ymaslik; ✓ xabarlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik; ✓ yashirincha ulanishga yo‘l qo‘ymaslik va bu hollarni tezda aniqlash. Hozirgi paytlargacha muhofazalash dasturiy ta’minoti xilma-xil bo‘lsa ham, operatsion tizimlar zaruriy muhofazaning kerakli darajasini ta’minlamas edi. Hozirgi paytda zamonaviy operatsion tizimlar yetarli darajada muhofazani ta’minlay olishi mumkin. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling