Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Hisoblash mashinalari
AHM GHM RHM 32 • Masalani yechish uchun kerak bo‘ladigan hamma boshlang‘ich va oraliq ma'lumotlar hamda masalani yechish dasturlarini saqlab turishi. Buning uchun yaratilajak hisoblash mashinasi quyidagi qurilmalardan iborat b‘lishi lozim edi: • boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq qiymatlarni hamda masalani yechish dasturini saqlab turadigan qurilma. Hozirda bunday qurilmani xotira deb yuritiladi; • ish bajaradigan qurilma. Odatda uni arifmetik - mantiqiy qurilma deyiladi; • dastur bo‘yicha ish bajaradigan va qurilmalarning ishlashini odamning ishtirokisiz boshqarib boradigan qurilma. Uni boshqarish qurilmasi deyiladi. Hozirgi paytda arifmetik - mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasini birgalikda protsessor yeki markaziy protsessor deb yuritiladi; • boshlang‘ich ma’lumotlarni va ishlash dasturini xotiraga kiritadigan va ish natijasini tashqariga chiqarib beradigan qurilma. Uni kiritish va chiqarish qurilmasi deb yuritiladi. XX asr boshlariga kelib angliyalik olim A. Tyuring va amerikalik olim E.Post hisoblash mashinasining nazariy asosini yaratgandan keyin hisoblash mashinasi asri boshlandi. Hozirgi zamon kompyuterlarining tuzilishi boshqacharok bo‘lib arifmetik-mantikiy qurilma bilan boshqarish qurilmalari birgalikda markaziy protsessor qurilmasi deb yuritiladi. Ishlash printsipida ham farki bo‘lib, birnechta protsessorlar bilan bir vaqtda bir qancha ma’lumotlarni parallel qayta ishlash mumkin. Dastur bilan ishlash davomida zarur bo‘lganda uning ishini to‘xtatib turib, zarur ishni bajarib, yana oldingi dastur ishini davom ettirish mumkin. Elektron taqdim etuvchisi bo‘lgan RHM – elektron raqamli hisoblash mashinalari – raqamli xususiyati eslatilmagan holda oddiy qilib aytiladigan EHMlar juda keng qo‘llanila boshladi. Gibrid hisoblash mashinalari (GHM) – kombinatsiyalashgan holda amal qiluvchi hisoblash mashinalari bo‘lib, ham raqamli, ham o‘xshashli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi; ular AHM va RHMning afzalliklarini o‘ziga jam etgan. GHMning murakkab, tez harakatlanuvchi texnik komplekslarini boshqarish vazifalarini hal etish uchun foydalanish maqsadga muvofiq. 33 Elektron hisoblash mashinalari vazifasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: universal (umumiy vazifa), muammoli yo‘naltirilgan va ixtisoslashgan Elektron hisoblash mashinalari. 1.6.3 - rasm. Vazifasiga ko‘ra elektron hisoblash mashinalari tasnifi Universal elektron hisoblash mashinalari turli muhandislik–texnik vazifalar: iqtisodiy, matematik, axborot va boshqa, algoritmlar murakkabligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash hajmlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshqa qudratli hisoblash komplekslarida keng foydalaniladi. Universal Elektron hisoblash mashinalarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: • yuqori samaradorlik; • qayta ishlanadigan ma’lumotlar va shakllarining xilma xilligi: ular o‘zgarishining diapazoni kattaligi va ularni taqdim etishning yuqori darajada aniqligi bobida ikkili, o‘nli, ramzli shakllari; • ham arifmetik ,mantiqiy, ham maxsus bajariladigan operatsiyalarning keng nomenklaturasi; • operativ xotira sig‘imining kattaligi; • tashqi moslamalarning xilma-xil turlarini ulashni ta’minlovchi axborotni kiritish-chiqarish tizimining rivojlangan holda tashkil etilganligi. Muammoli yo‘naltirilgan elektron hisoblash mashinalari odatda texnologik ob’yektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta bo‘lmagan ma’lumotlar hajmlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘plash va qayta ishlash; nisbatan uncha murakkab bo‘lmagan algoritmlar hisob kitobini bajarish bilan bog‘liq ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; Hisoblash mashinalari Universal Muammoli yo‘naltirilgan Ixtisoslashgan 34 ular universal Elektron hisoblash mashinalarga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega bo‘ladi. Muammoli – yo‘naltirilgan elektron hisoblash mashinalarga turli tuman boshqaruv hisoblash komplekslarini misol qilib keltirish mumkin. Ixtisoslashgan elektron hisoblash mashinalari tor doiradagi vazifani hal etish yoki qat’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yo‘naltirilishi ular tuzilmasini aniq ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yuqori samaradorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan elektron hisoblash mashinalariga , masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim murakkab texnik qurilmalar, agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantiqiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerni misol qilish mumkin. Texnik ko‘rsatkichlari bo‘yivha kompyuterlar quyidagicha tasniflanadi (1.6.4.- rasm). Zamonaviy EHMlar uchun programmali boshqarish prinsipi bilan bir qatorda xotirada programmani saqlash qonun-qoidalari ham eng muhim omil hisoblanadi. Ushbu prinsip va EHMda ikkilik sanoq tizimidan foydalanish bo‘yicha qator g‘oyalar amerikalik taniqli matematik olim Djon Fon Neyman tomonidan 1945 yilda ilgari surilgan edi. 1.6.4. - rasm Birinchi EHM ENIAC 1945 yil D.Ekkert va D.Mouchli tomonidan AQShning Pensilvaniya universitetida yaratildi. Programmani xotirada saqlash prinsipi birinchi marta EDVAC EHMida 1949 yil Buyuk Britaniyada qurilgan mashinada qo‘llanildi. Kompyuterlarni texnik belgilanishi bo‘yicha tasniflanishi Superkompyuter Meynfreym (Mainframe) Мinikompyuter Mikrokompyuter Consumer PC (ommaviy PC) Workstation PC (ishchi stansiya) Mobile PC (portativ PC) Entertainmemt PC (ko‘ngilochar PC) Office PC (ish yuritish PC) 35 Keyingi yillarda dunyoda millionlab EHMning turli modellari ishlab chiqildi va foydalanildi. EHM lar qo‘llanilmayotgan inson faoliyatini biror-bir qirrasini topish qiyin. EHMlarning soni, turlari, imkoniyatlarining rivojlanishi bilan birga, ularning texnik va programma ta’minotlari ham muntazam ravishda takomillashtirilib borildi. Element bazasi, markaziy protsessor, operativ xotira, texnik tafsilotlari va arxitekturasining murakkabligiga ko‘ra EHMni avlodlarga bo‘lish qabul qilingan. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling