Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Elektron hisoblash mashinalari davri
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-avlod 2-avlod
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-yildan boshlab va
1946-yilda birinchi bo‘lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida D.Mouchli va D.Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi (Electron Numerical Integrator and Computer). U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi va bir sekundda 300 ta ko‘paytiruv, 500 ta qo‘shish amalini bajara olgan. 1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining beshta avlodi yaratildi. Ularni yillar bo‘yicha ajratish, albatta taxminan bajarilgan. Shu bois kitoblarda har xil variantlarni uchratsa bo‘ladi. Qyuidagi jadvalda 1- va 2-avlodlarni keltiramiz: Jadval 1.6.1. Yillar 1-avlod 2-avlod 1951-1960 1960-1965 Elektron bazasi Elektron lampa Tranzistor Tezlik (flops) 1000-10000 10000-1000000 Tezkor xotira, texnologiyasi va hajmi (so‘z) Elektron trubka, 1000-10000 Ferrit matritsa, 10000-1000000 Kiritish-chiqarish qurilmasi Perfokarta, perfolenta, alfavit-raqamli chop etish qurilmasi Dunyo bo‘yicha soni > 5000 dona (1960-y) > 30000 dona (1965-y) I-avlod toifasiga mansub kompyuterlarning tezligi va xotira xajmi katta bo‘lmagan. Undagi operatsion tizim ham yaxshi rivojlanmagan bo‘lgan. Dasturlash esa mashina tilida bajarilgan. Bu avlodga mansub bo‘lgan va juda keng tarqalgan kompyuter bu IBM-7030 “Stretch” (ya’ni kuchaytirilgan) hisoblanadi (Rossiyada “Ural” va “BESM” kompyuterlari), uning tezligi 500 ming flops (ya’ni operatsiya/sekund), operativ xotirasi 262 ming 64-razryadli so‘zlardan iborat bo‘lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling