Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Kompyuter va uning turlari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168
1.6. Kompyuter va uning turlari 
1.6.1. Hisoblash texnikasining rivojlanish davrlari 
Kompyuter.
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyatning hisoblash 
ishlarida ish unumdorligini oshirish vositasi sifatida hisoblash 
texnikasi vositalariga bo‘lgan ehtiyoji juda oldin paydo bo‘lgan.
Qadimgi Xitoyda sodda hisoblash vositasi sifatida idora schyotlari 
qo‘llanilganligi ham bizga tarixiy manbalardan ma’lumdir.
Kompyuter (Computer) inglizchadan o‘zbekchaga o‘girilganda 
"hisoblovchi" ma’nosini bildiradi, yani hisoblash ishlarini bajaruvchi 
qurilmadir. 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi darajaga 
yetguncha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o‘tkazdi. Hisoblash 
texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to‘rt katta davrga 
bo‘lishimiz mumkin:
• Mexanik hisoblash mashinalargacha bo‘lgan davr;
Mexanik mashinalar davri;
• Elektromexanik mashinalar davri;
• Elektron hisoblash mashinalar davri. 
1. Mexanik hisoblash mashinalargacha bo‘lgan davr uzoq 
o‘tmishdan boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har 


20 
qanday hisoblash asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo‘lgan. 
Hisoblash jarayonini ma’lum holatda tosh, yog‘och yoki jetonlarni 
o‘rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi rimliklar "kalkulyar" degan 
lotin so‘zida atashgan.
2. Mexanik mashinalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr 
oxirigacha davom etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Jakkard birinchi bo‘lib 
oddiy qo‘shish va ayirish amalini bajara oladigan mexanik hisoblash 
mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina tor doiradagi insonlar uchungina 
ma’lum bo‘lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun ham bizgacha yetib 
kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili frantsuz olimi 
B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo‘lib, u ikki amalni-
qo‘shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi 
Gotfrid Leybnits tomonidan to‘rt arifmetik amalni bajara oladigan, 
yaqingacha hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. 
Bu hisoblash mashinalari ichida qulayrog‘idir. 19 asr 90-chi yillarining 
boshida Peterburglik olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm 
yaratildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy hisoblash 
mashinalari bo‘lib hisoblanardi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling