Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
 
 
 
1.5. Axborot madaniyati 
Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga 
qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda 
ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida biror 
Axborot jarayoni 
Saqlash 
• Axborot 
tashuvchilar 
• To‘lqinlar 
• Qattiq disklar 
Uzatish 
Ishlov berish 
• Axborot 
tashuvchilar 
• To‘lqinlar 
• Qattiq disklar 
Signal
Belgi
Til
• Analogli 
• Raqamli 
• Tabiiy 
• Sun’iy 
• Alifbo 
• Sintaksis 
• Semantika 


17 
odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan 
ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning 
axborotlarni to‘plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi 
yetarli bo‘lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida 
tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi 
texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot 
bilan ishlash madaniyatini talab qiladi. 
Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan 
faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish 
uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik 
vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir. 
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida 
insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. 
Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U 
insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilarda o‘z aksini 
topadi: 
• texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter 
tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida; 
• o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish 
qobiliyatida; 
• turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikatsiyalar) dan 
axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali 
ishlatish mahoratida; 
• axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida; 
• turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi; 
• o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini 
bilishida. 
Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot nazariyasi, 
matematika, ma’lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa 
fanlarning bilimlariga tayangan holda paydo bo‘ladi. Axborot 
madaniyatinig tarkibiy qismi bu yangi axborot texnologiyalarini bilishdan 
va ularni qo‘llashdan iborat bo‘ladi. 
Axborotlashtirish dasturida ta’lim jarayonining axborotlashtirish 
alohida o‘rin tutadi. Chunki bunda insonning axborot madaniyati 
kengayadi. 
Shundan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda yuqori madaniyat 
mahsulotlarini yaratish lozim. Ushbu mahsulotlar nafaqat moddiy 
tomondan, balkim ma’naviy jihatdan yuksak bo‘lishi kerak. 


18 
Internetda joylashtirilgan axborotlarni to‘g‘riligini, barcha voqea-
hodisalarga nisbatan obyektivligini ta’minlash mumkin emasligini anglab 
olishimiz 
kerak. 
Chunki 
mavjud 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari orqali istalgan axborotni Internetda joylashtirishga imkon 
borligi namoyon bo‘lmoqda. 
Kompyuterlarda joylashtirilgan axborot resurslaridan foydalanish 
darajasi axborot madaniyati bilan bog‘liqdir. Shulardan kelib chiqqan 
holda hozirgi kunda axborot madaniyati tushunchasi yuritila boshlandi.
Har bir shaxs hozirgi kunda axborot madaniyati bilan tanishgan bo‘lishi 
kerak, chunki bizlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qodir 
bo‘lishimiz, zamonaviy texnikalarda, usullarda va texnologiyalarda 
ishlay olishimiz kerak bo‘ladi. Buning sabablaridan biri, bu jamiyat 
rivojida axborot fundamental ahamiyatga ega bo‘lishidir.
Axborot madaniyati tushunchasi to‘liq shakllanmagan, chunki 
undagi axborot va madaniyat tushunchalarining o‘zlari ko‘p qirralidir. 
Axborot madaniyati quyidagilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak:
- shaxsning axborotlashgan jamiyatdagi faoliyati; 
- axborotni qidirishda, tanlashda, tahlil qilishdagi shaxsning bilimi va 
mahorati. 
Bundan axborot madaniyati quyidagi qirralardan iboratligini 
ta’kidlash mumkin:
- yangi axborotlarni qidirish madaniyati
- axborotlarni o‘qish va qabul qilish madaniyati; 
- bilim olishi madaniyati; 
- katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash madaniyati;
- qidiruv tizimlari bilan ishlash madaniyati; 
- mutaxassislararo axborot almashuvini ahamiyatligini anglash; 
- kommunikatsiya kanallaridan foydalanish madaniyati; 
- boshqa fikrlarni tahliliy o‘zlashtirish; 
- kommunikatsiya kanallari orqali kasbdoshlar safini kengaytirish; 
- intelektual mulkchilik qonunlari bilan tanishligi. 
Demak hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy 
mutaxassislar quyidagilarni anglashlari kerak: 
- doimiy o‘z bilimini oshirishni
- dunyo axborot resurslaridan foydalana olishni; 
- axborot olish barcha kanallaridan foydalanishni; 
- bilimlar almashuvida ishtirok etishni; 
- yangi bilimlarni taqdim etishni; 
- muloqot madaniyatiga ega bo‘lishni. 


19 
Shaxsning axborot madaniyati jihatlaridan yana biri, bu jamiyatning 
axborot resurslaridan foydalanish mahorati. Bu o‘rinda Internet ham 
muhim hisoblanadi, ya’ni Internetdan foydalana olish mahorati shaxsni 
axborot madaniyati borligidan dalolat beradi. Axborot madaniyati 
kompyuter 
savodxonligining 
kengaygan 
axborot 
savodxonligi 
tushunchasini o‘rtaga olib keladi. Uning quyidagi omillari mavjud: 
- axborot qidiruvini amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish; 
- axborotga bo‘lgan ehtiyojni anglab olish
- qidiruvda so‘rovlarni to‘g‘ri bayon etish; 
- axborotlar manbalari bilan tanish bo‘lishligi; 
- olingan axborotlarni tanqidiy tahlil qilish va baholash. 
Demak, xulosa qilib axborot madaniyatini 3 qismdan iborat deb 
qabul qilishimiz mumkin: 
- axborot savodxonligi; 
- nazariy bilimlar; 
- axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish mahorati. 
Shu bois axborot madaniyati – kompyuter tarmoqlarida joylashgan 
bilimlar, ma’lumotlar va axborotlar bilan ishlash madaniyati deb 
tushunish mumkin.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling