Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168
3-avlod 
4-avlod 
1965-1975 
1975-1980 
Elektron bazasi 
Integral sxema, O‘rta IS 
Katta integral sxema 
Tezlik (flops) 
10
5
- 10
7
10
6
- 10
8
Tezkor xotira, 
texnologiyasi va 
hajmi (bayt) 
Ferrit matritsa, 
10
5
- 10
7
Yarim o‘tkazgich, 
10
7
- 10
8
Kiritish-chiqarish 
qurilmasi 
Alfavit-raqamli display va chop etish qurilmasi 
Dunyo bo‘yicha soni 
> 300000 dona (1975-y) 
>1000000 dona 
(1980-y) 
Bu V-avlod kompyuterlari hozirgi zamonda keng qo`llaniladi. Bu 
avlod kompyuterlari elektron va yorug‘lik nurlari energiyasidan 
foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga 
asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga 1 milliardgacha, xotirasinig 
hajmi 10 millliondan 3-4 milliard (Gbayt) baytgacha kengaydi.
Kompyuter – hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi 
axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta 
ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan mashina. 


31 
1.6.2. Kompyuterlarning tasnifi.
Kompyuterlarni tasniflash qo‘llash sohasi, texnik ko‘rsatkichlari va 
arxitekturasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Qo‘llash sohasi bo‘yicha 
kompyuterlarni ikki sinfga ajratish qabul qilingan: Universal va 
boshqaruvchi kompyuterlar. Universal kompyuterlar har xil amaliy 
masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lsa, boshqaruvchi kompyuterlar 
texnik qurilmalarni, jihozlarni va jarayonlarni real vaqtda boshqarish 
uchun qo‘llaniladi.
Amal qilish qoidasiga ko’ra hisoblash mashinalari uch katta sinfga 
bo‘linadi : analogli (AHM), raqamli (RHM) va gibrid (GHM). 
1.6.2. - rasm. Amal qilish qoidalariga ko‘ra hisoblash mashinalari
tasnifi 
Analogli hisoblash mashinalari (AHM)-uzluksiz ishlovchi hisoblash 
mashinalari bo‘lib, uzluksiz shaklda ya’ni biror bir fizik kattalik 
(hammadan ko‘proq elektr kuchlanishi ) qiymatlarining uzluksiz qator
ko‘rinishida taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi. Ya’ni keladigan 
analogli signallar raqamlashtirilmaydi va to‘g‘ridan -to‘g‘ri kompyuterda 
hisoblash ishlari amalga oshiriladi. Analogli hisoblash mashinalari juda 
oddiy va foydalanish uchun qulay.Ularda murakkab mantiqiy 
mulohazalarni talab etmaydigan differentsial tenglamalar bo‘lgan 
matematik masalalarni hal etish ancha samaraliroq.
Raqamli hisoblash mashinalari (RHM) – diskretli ishlaydigan 
hisoblash mashinalari bo‘lib, diskret, aniqrok aytganda raqamli shaklda 
taqdim etiladigan axborot bilan ishlaydi. Raqamli hisoblash mashinasi 
tuzilishining asosiy printsiplarini amerikalik matematik Djon fon 
Neyman, G. Goldsteyn va A. Berks ishlab chiqdilar. Ularning va 
Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha hisoblash mashinalarining ishlashi ikki 
printsipga asoslanishi kerak, bu printsiplarni odatda fon Neyman 
printsiplari deb ham yuritiladi:
• Masalani odamning ishtirokisiz yechish dastur asosida olib 
borilishi; 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling