Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
 
 
 
Manba: 
http://statistic.su 
1.6.6. – rasm. Titan Superkompyuter (Cray XK7) 
Superkompyuterning tezligi flops birligida o‘lchanadi.
FLOPS (ingl . Floating point Operations Per Second, flops deb 
o‘qiladi ) — kompyuterlarning tezligini o‘lchsh birligi bo‘lib, bir 
soniyasida haqiqiy sonlar bilan nechta operatsiya bajara olishligini 
bildiradi.
Uning quyidagi o‘lchamlari mavjud : 
1 megaflops (MFLOPS) - soniyasida 10
6
(1 million) operatsiyalar; 
1 gigaflops (GFLOPS) - soniyasida 10
9
(1 milliard) operatsiyalar; 
1 teraflops (TFLOPS) - soniyasida 10
12
(1 trillion) operatsiyalar; 
1 petaflops (PFLOPS) - soniyasida 10
15
(1 ming trillion) 
operatsiyalar. 
Super EHM ishlab chiqarish har qanday davlat uchun uning harbiy va 
texnik rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi va uning prestijini belgilab 


40 
beradi. Superkompyuterlar boshqa kompyuterlarga nisbatan har tomonloma 
yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi. 
1960-yillarda superkompyuterlarni ishlab chiqish bo‘yicha CDC 
(Control Data Corporation) 
firmasi ilg‘or edi. Injener Seymur Krey (Cray, 
Seimour; 1925-1996) 
boshchiligida ushbu firma CDC-5000, CDC-6000, 
superkompyuterlarini ishlab chiqdi. 1963-yilda CDC-6600 kompyuteri 
ko‘p yillar davomida dunyo bo‘yicha eng kuchli kompyuter 
hisoblangan. Uning tezligi 3 mln flops (float operation per second) 
bo‘lgan. Keyinchalik CDC-8000 - tezligi 10Mfloaps , Cyber va STAR-100
(1970-yilda) tezligi 100 Mflops bo‘lgan. Ushbu toifadagi 
kompyuterlarda masofadan turib ishlash imkonini yaratish maqsadida 
CyberNet 
hisoblash tarmogi yaratilgan. 
Ushbu firmaga raqobat bo‘lgan Burruoghs (Berrouz deb o‘qiladi) 
firmasi ILLIAC-IV (1973-yilda) kompyuterini yaratdi, uning tezligi 
200 Mflops bo‘lib, o‘sha paytda dunyoda eng kuchli kompyuter
hisoblangan. 
1972-yilda Seymur Krey CDC firmasidan ketib, uzining Cray 
Research 
firmasini tuzdi. 1976-yilda Cray-1 (166 Mflops), 1985-yilda 
Cray-
2 (1 Gflops), 1992-yilda Cray-3 (10 Gflops) kompyuterini ishlab 
chiqargan. 
2001-yilda Xitoyda “Magic Cube” superkompyuteri yaratildi va 
birinchi o‘nlikdan o‘rin egalladi. Uning hisoblash tezligi 200 Tflops.
2011-yil 14-noyabrda Top-500 kompyuterlar ro‘yxati e’lon qilindi. 
Unga binoan 1-o‘rinda Yaponiyada ishlab chiqilgan “K computer” (10.5 
petaflops) va RIKEN Milliy institutda joylashtirilgan. 2-o‘rinda Xitoyda 
ishlab chiqilgan superkompyuter Tinahe-1A (2.5 petaflops). 3-o‘rinda 
AQShda ishlab chiqilgan va Ok-Ridj Milliy laboratoriyasida joylashgan 
superkompyuter Cray Jaguar (1.7 petaflops). Qolgan o‘rinlar: 4.Dawning 
Nebulae, Xitoy. 1.27 petaflops. 5. Tsubame 2.0, Yaponiya. 1.91 
petaflops.
Quyidagi 
1.6.3 - jadvalda 2018-yil iyun holatiga nisbatan 
dunyoda 5 ta eng quvvatli superkompyuterlar ro’yxati keltirilgan. 
Hozirgi vaqtgacha 202 ta supercomputerlar Xitoyda, 104 tasi
AQSh da, 36 tasi Yaponiyada, 22 tasi Buyuk Britaniyada, 21 tasi 
Germaniyada va 18 tasi Fransiyada ishlab chiqilgan.
Keyingi yo‘nalish bu mini EHM (yoki kichik EHM), ushbu sohada 
Digital Equipment (DEC) firmasi tomonidan ishlab chiqish yo‘lga 
qo‘yilgan edi. Ushbu firma 1957-yilda tuzilgan bo‘lib, 1965-yilda PDP-8 
(Programmed Data Processor) minikompyuterini ishlab chiqdi.


41 
Jadva l .6.3 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling