Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168
Meynfreymlar
. Inglizcha Mainframe , lug‘atda “tayanch 
kompyuter” deb yuritilgan. Axborot tizimida ko‘p sonli tashqi 
qurilmalari bilan ulanadigan katta quvvatli kompyuterdir.
Manba: computerra.ru 
1.6.7. - rasm. Meynframe IBM zEnterprise EC12 


43 
Undan 
korporativ 
pog‘onada 
ko‘pmasalali 
muhitda 
foydalaniladi. Ushbu kompyuter yuqori tezlik bilan ishlaydi, nisbatan 
katta operativ xotiraga ega va yechilayotgan masalalarning keng 
doirasini qamrab oladi. U kommumikatsiya tarmog‘i orqali o‘zining 
resurslarini ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim qiladi va 
ma’lumotlarni qayta ishlashda asosiy oqimlarni o‘z zimmasiga oladi. 
Minikompyuter – bir necha mikroprosessorlardan tashkil topgan 
kompyuter.
Hozirgi kunda ushbu tushuncha ishlatilmaydi.
Mikrokompyuter – markaziy prosessor oddiy mikroprosessor 
shaklida bo‘lgan kompyuterdir. 
Hozirgi kunda ular shaxsiy kompyuter deb yuritiladi. Lekin 
ba’zida shaxsiy kompyuterdan ham kichik mashinalarni nomlarida 
uchrab turadi. 
Shaxsiy kompyuterlar tasnifi
. Shaxsiy kompyuterlar – bu 
universal mikrokompyuter bo‘lib, asosan bitta shaxsga qaratilgan va 
unig boshqaruvida ishlaydi.  
Shaxsiy kompyuterlarining yaratilishi texnikada revolyutsion 
xarakterga ega bo‘ldiki, ular ommabob hisoblash mashinalariga aylanib 
qoldi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik xayotda dunyoda 100 
millionlab shaxsiy kompyuterlar ishlatilayapti. 
1962-1970-yillar. AQSH da tashkil qilingan Texas Instruments, 
Intel, Motorola, Hewlett Packard va b. mikrosxemalarni ishlab chiqishni 
yo‘lga qo‘yishdi. Keyinchalik uni «chip» deb nomlashdi (“chip” – yupqa 
demakdir). 1969-yilda Yaponiyaning “Nippon Calculating Machines” 
firmasi o‘zining “Busicom” kalkulatori uchun “Intel” kompaniyasiga 
(kompaniya asoschilari Gordon Mur va Robert Noys) 12 ta maxsus 
mikrosxemalarni buyurtma qiladi. Firma injeneri Edvart Xoff (Hoff, 
Marian Edward; 1937) chipda markaziy protsessorni (ya’ni dasturiy 
boshqariladigan 
va 
arifmetik-mantiqiy 
operatsiyalarni 
bajaradi) 
joylashtirishni taklif qiladi, 18 oydan keyin Intel 4004 mikrosxemasi 
tayyor bo‘ladi. Unda 2250 ta tranzistor bo‘lib, bir sekunda 60000 ta 
operatsiya bajarish mumkin edi (faqatgina 4 bitlik sonlar ustida, 108 kGs 
chastotasi bilan). Shartnomaga binoan ushbu mikrosxemalardan 
foydalanish huquqi to‘liq Yaponiya firmasiga tegishli bo‘lgan. Noys 
zudlik bilan 60000 dollarga ushbu huquqni sotib oladi. Qiziqarlisi 
shukim, Yaponiyaning Nippon firmasi keyinchalik inqirozga uchraydi, 
Intel esa dunyodagi eng mashxur firmalardan biri bo‘lib qoladi. 
1972-yilda Intel o‘zining 8 razryadli Intel-8008 chipini yaratishdi. 
Unda 300000 flops tezlik, 16 Kbayt xotira bilan ishlash imkoni mavjud 


44 
edi. 1974-yildan boshlab i8080 chipi sotuvga chiqariladi. Ushbu 
mikrosxemani asos qilib MITS firmasi «Altair» - birinchi shaxsiy 
kompyuterni yaratishdi. Unda 75 ta buyruq, 64 Kbayt xotira bilan ishlash 
imkoni va 500 kGs ko‘rsatkichlari mavjud edi. Shunday qilib, shaxsiy 
kompyuterlarning paydo bo‘lishi MITS (Micro Instrumentation and 
Telemetry Systems, Nyu-Meksiko shtati, Albuquerque shahri) firmasi 
bilan bog‘liq. Firma moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganda bozorga 
Altair-8800 kompyuterlarini 1975-yilda ishlab chiqardi. Unda kiritish va 
chiqarish qurilmalari mavjud bo‘lmagan. Ishqibozlar tezda unga 
klaviatura ulashdi va televizor orqali Basic tilida dasturlashni qiziqish 
bilan o‘rgana boshlashishdi. Basic uchun interpretatorni esa B.Geyts va 
P.Allen 1975-yilining may oyida yaratishdi. Keyinchalik ular shu 
shaharda “Microsoft” firmasini tashkil qilishadilar. 1975-76-yillar 
davomida MITS firmasi 10 mingta kompyuter ishlab chiqishdi va 1977-
yilda firma 6,5 mln. dollarga sotildi. Shu bilan shaxsiy kompyuterlarni 
sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu shaxsiy 
kompyuterlarning birinchi avlodi hisoblanadi. 
Ushbu toifadagi kompyuterlar uchun CP/M (Control Program for 
Microcomputer) operatsion tizimi ishlab chiqilgan edi.
Bu vaqt mobaynida juda ko‘plab firmalar paydo bo‘la boshladi. 
Ulardan keng tarqalgani bular Kanada firmasi “Commodore” va 
amerikalik TRS (Tandy Radio Shack). Keyinchalik 1976-yilda Apple 
Computer firmasi kompyuter ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu firma 
shu darajada tez kompyuter bozoriga kirib keldikim, ko‘plar uni eng 
birinchi bo‘lib, shaxsiy kompyuter yaratgan firma deb bilishadi. Ushbu 
firma Stiv Jobs (Jobs, Steven Paul, 1955-2011) va Stiv Voznyak 
(Wozniak, Steven Gary; 1950) tomonlaridan tashkil qilingan edi. Ular 
birinchi kompyuterini Apple-I 1976-yilning yozida ishlab chiqarishdi. 
Firmaning sof foydasi 1983-yilda 1 mlrd. dollarga yetgan edi. 
1978-yilda Intel 16 razryadli i8086 modelini yaratishdi. Lekin 
tashqi qurilmalar 8 razryadli bo‘lganligi sababli Intel 1979-yilda i8088 
chipini yaratishdi. Ushbu modelni IBM firmasi 1981-yilda o‘zining 
shaxsiy kompyuteri uchun asos qilib oladi. Shaxsiy kompyuterlarga 
bo‘lgan talabning kuchayishi ushbu «uyinchoqlar»ni boshqa tipdagi 
EHM larga nisbatan raqobat bo‘lishini ta’minladi. IBM firmasi Filip 
Estridj (Estridje, Philip D., 1937-1985) boshchiligida IBM PC , shaxsiy 
kompyuterini 1981-yil 12-avgustda yaratdi. U 64 Kbayt tezkor xotira, 5 
dyumli floppi diskovod, 40 Kbaytli doimiy xotira va MS DOS 1.0 
operatsion tizimi bilan jixozlangan edi. Keyinchalik IBM firmasi IBM PC 


45 
XT (eXtended Technology) shaxsiy kompyuterini 1983-yilda taqdim 
etdi. Unda i8086 mikroprotsessor , tezkor xotira 256 Kbayt, vinchester 10 
Mbayt edi (Vinchester tushunchasi IBM firmasida 1973-yilda paydo 
bo‘lgan. O‘sha paytda ishlab chiqilgan diskovodlar 30 Mbaytli ikki 
qismdan iborat bo‘lgan. Bu esa «Vinchester 30/30» vintovkasini 
eslatganligi sababli ushbu so‘z kompyuter sohasiga kirib kelgan). 
Shundan so‘ng IBM ushbu bozorning 85% ini egallab oldi. 1984-yilda 
IBM PC AT (Advanced Technology) shaxsiy kompyuterini i80286 
mikroprotsessori asosida yaratdi. Keyinchalik bu borada ko‘pgina 
firmalar paydo bo‘la boshladi, bulardan biri Compaq Computer. Ushbu 
firma 1994-yilga kelib IBM firmasidan ilgarilab ketdi.
Shaxsiy kompyuterlar birinchi navbatda platformasi bo‘yicha 
tasniflanadi.
IBM firmasi yagona standart ishlab chikib barcha 
kompyuterlarni ochik arxitektura texnologiyasi bo‘yicha yaratishni 
joriy etgan. Apple firmasi esa yopik arxitekturani asos qilib oldi. Bu 
yerda quyidagi sxemani taklif kilsa bo‘ladi. 
Kompyuterlarni turlari bo‘yicha tasnifi 
1. Stol kompyuterlari. Bu yerda quyidagi turlari bo‘ladi: 
• stol kompyuteri (Desktop); 
• uy kompyuteri; 
ishchi stansiya
• stolli nashriyot;
• server. 
2. Stol mini-kompyuteri (barebone). 
Ushbu kompyuterlar oddiy kompyuterlardan 4 marotaba 
kichik bo‘ladi. Asosiy maqsad kompyuterlarni uy texnikasi qatoridan 
joylashtirish. 
3. Planshetli kompyuter (TabletPC). 
Ushbu goya Bill Geytsga tegishli bo‘lib, 2001 yilda ishlab 
chikilgan. Bunda ma’lumotlar bevosita elektron pero orqali kiritiladi, 
ekrandagi belgilarni tanlamokchi bo‘lsak uni barmok bilan bosamiz. 
4. Kichik kompyuterlar (Notebook). 
Bir joydan boshqa joyga utish davrida ham bevosita kullash 
mumkin bo‘lgan kompyuter. Ushbu kompyuterlar bevosita noutbuk 
nomi bilan yuritiladi. 
5. Subnoutbuk. 


46 
Noutbukdan ham kichraytirilgan ko‘rinishdagi kompyuter. 
Hozirgi kunda 100 dollar atrofida narxlarda sotish uchun ishlab 
chiqarish yo‘lga kuyilmoqda. 
6. Kissali kompyuterlar (KSHK – kissali shaxsiy kompyuter). 
Ushbu ko‘rinishdagi kompyuterlarni 1984 yillardan boshlab 
ishlab chiqarish yo‘lga kuyilgan edi. Bu yerda kompyuterni 
kichraytirish emas, balkim kalkulyatorni kattashlashtirish orqali 
unga kompyuterga ta’lukli funksiya-larni yuklash eli. Ushbu 
kompyuterlarni organayzer (organiser) deb atashadi. Ogirligi 
bo‘yicha vazni 200 gramm keladigan ushbu kompyuterlarni PDA 
(personal digital assistant - taxminan) nomi bilan ham atashadi 
7. Kommuniqator – KSHK ko‘rinishdagi komyuter bo‘lib, GSM 
texnologiyasi joriy etilgan, shu bois ularni oddiy uyali telefon 
sifatida ham kullasa bo‘ladi. 
8. Smartfon – bu uyali telefon bo‘lib, kompyuter funksiyalari ham 
joriy etilgan. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling