Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pentium, Pentium-II, Pentium-III, Pentium 4 Celeron
- Turion
Mikroprotsessor.
Markaziy Protsessorli qurilma(CPU, Central Processing Unit ) - Kompyuterning asosiy elementi, ya’ni «miyasi» - kichikkina (bir necha santimetrli) elektron sxema barcha hisoblash va axborotlarni qayta ishlash vazifasini bajarish uchun mas’ul qurilma. CPU qurilma bir necha yuz har xil operatsiyalarni hisoblay oladi va bu ishlarni bir necha o‘n yoki yuz million operatsiyalarni bir soniya vaqt ichida bajara oladi. Rossiya ham bu sohada izlanishlarni davom ettirib, 2014-yilning oxirida «Elbrus-8C» mikroprosessorini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Ushbu mikroprosessor 28 nm texnologiyali bo‘lib, chastotasi 1,3GGs va ishlash tezligi 250 GFlops bo‘ladi. Mikroprotsessor – elementlari bitta yoki bir necha integral sxemaga maydalashtirilgan protsessor. Mikroprotsessor ichki xotira yordamida arifmetik, mantiqiy va boshqaruv amallarini bajaradi. Mikroprotsessor dasturlarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuterning boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning tezligini ta’minlaydi. Mikroprotsessorlarni (umuman protsessorni) quyidagicha tasniflash mumkin (1.6.8.- rasm). Pentium, Pentium-II, Pentium-III, Pentium 4 Celeron (uy uchun) Xeon (serverlar uchun) Pentium M (noutbuklar uchun) Pentium D, Core 2 Duo (2 yadro) Core 2 Quad (4 yadro) K7, Athlon XP, Duron Athlon 64 Sempron (uy va noutbuklar uchun) Turion (noutbuklar uchun) Opteron (serverlar uchun) Athlon 64 X2 (2 ядро) Boshqaruv Qurilmasi Arifmetik- Mantiqiy Qurilmasi 52 Mikroprotsessorning asosiy qismlari. • boshqaruv qurilmasi – mikroprotsessordagi jarayonlarni boshqaradi: ko‘rsatmalar oqimini tahlil va dekodlash vazifasini bajaradi, ularni boshqa qurilmalarga jo‘natadi. • bir nechta bajaruvchi qurilmalar – ma’lumotlarni qayta ishlashni, ya’ni arifmetik, mantiqiy, siljitish operatsiyasi, uzatish operatsiyasi, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarish va h.k. • registrlar to‘plami - boshlang‘ich, hosilaviy va chiqish ma’lumotlarini qayta ishlash uchun o‘zida saqlab turadi, bundan tashqari boshqaruv axborotlarini xotirada ushlab turadi. • kiritish-chiqarish qurilmasi – xotiradan ko‘rsatmalrni oladi, xotira va tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlar almashuvini bajaradi. Arifmetik - mantiqiy qurilma – oddiy sxemada amalga oshiriladi va faqatgina qo’shish amalini bajaradi. Qolgan amallar qo’shish amali orqali bajariladi. Bundan tashqari ushbu qurilma ikki qiymatni taqqoslay oladi. Boshqaruv qurilmasi yuqorida qayd qilingandek jarayonlarni ketma-ket bajarilishini nazorat qiladi va ma’lumotlar almashuvini boshqaradi. Dasturlarni saqlash bo‘yicha ikki xil arxitektura mavjud: 53 • fon Neyman arxitekturasi – dasturlarga va ma’lumotlarga murojaat qilish uchun bitta shina va bitta kiritish-chiqarish qurilmasidan iborat bo‘ladi; • Garvard arxitekturasi– dasturlarga va ma’lumotlarga murojaat qilish uchun alohida shina va kiritish-chiqarish qurilmasidan iborat bo‘ladi; Funktsional nuqtai nazar quyidagi arxitekturalar mavjud: • Umumiylashgan protsessorlar – bunday protsessorlar keng tarqalgan bo‘lib, boshqaruv, hisoblash, iqtisodiyot va boshqa sohalarda qo‘llaniladi; • Raqamli signallarni qayta ishlaydigan protsessorlar – bunday protsessorlar hisoblash masalalarida keng qo‘llaniladi. Bunda matritsalar bilan ishlash samarali amalga oshiriladi, ya’ni parallel hisoblashlarga mo‘ljallangan protsessordir. Shu bois ularni mobil telefonlarda, videokameralarda qo‘llashishadi; • Mikrokontroller – bunday protsessorlar qurilmalarni real vaqtda boshqarishda , qo‘llaniladi. Masalan, taymer qurilmasi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling