Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
-BOB. “MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
1-BOB. “MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA
TEXNOLOGIYALAR” FANIGA KIRISH 1.1. “Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar” fanini ta’rifi, mohiyati va o‘qitish maqsadi va vazifalari Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini to‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fani iqtisodiyot sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun juda ham ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar ishlab chiqarish sohasida axborot texnologiyalarini sifatli tashkil etish va samarali foydalanish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning rivojlanishida axborot texnologiyalari xizmatlarini taklif qilish va ularni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. «Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fanining o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tatbiq qilish ko‘nikmasini hosil qilishi kerak. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yilgan: ✓ Axborot tizimlari va texnoligiyalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish; ✓ Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o‘rgatish; ✓ Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish; ✓ Iqtisodiyotda axborot tizimlarini tasniflashni o‘rgatish; ✓ Axborot tizimlari va texnologiyalariga qo‘yilgan talablarni o‘rgatish; ✓ Iqtisodiyot tarmoqlarida ishini tashkil etish hamda boshqarishda axborot tizimlari va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni o‘rgatish; ✓ Iqtisodiyot sohasidagi xizmatlarni taqdim etishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish; ✓ Maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; ✓ Kompyuter tarmoqlarida qidirish usullarini o‘rgatish; 9 ✓ Biznesni tashkil etishda avtomatlashtirish jarayonini ishlab chiqishni va joriy etishni o‘rgatish; Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling