Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
-BOB. AXBOROTNI SAQLASH, ISHLOV BERISH VA
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
8-BOB. AXBOROTNI SAQLASH, ISHLOV BERISH VA
HIMOYALASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI ……………………………………….. 202 8.1. Grid texnologyalari ………………………………………… 202 8.2. “Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli) serverlari. “Cloud” (bulutli) hisoblashlar …………………..……. 203 8.3. Katta ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari …….…… 209 8.4. Datatsentrlar ………………………………………………... 222 8.5. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usullari ………………………………………………………….. 223 Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………. 271 6 KIRISH O‘zbekistonda AKT uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, rivojlanishini yanada tezlashtirish, hamda barcha sohalar faoliyatiga tatbiq etib samaradorligini oshirish maqsadida 2018-yil 19- fevraldagi №PF-5349-sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan iqtisodiyotda biznesni rivojlantirish va zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishda axborot texnologiyalarini asos qilish ta’kidlab o‘tilgan. Firmaning boshqaruvidagi axborot texnologiyalari – bu apparatli va dasturiy vositalar yordamida biznesda optimal natijalarga erishish maqsadida har xil shakllardagi boshlang‘ich ma’lumotlarning qayta ishlash orqali ishonchli axborotga ega bo‘lish va ular asosida qaror qabul qilish majmuasidir. Internet tizimining jadal rivojlanishi natijasida iqtisodiyotning barcha sohalaridagi kompaniyalar o‘z xizmatlarini vebda taqdim qilish hajmi kundan-kun oshib bormoqda, bunda mehmonxonalar, aviakompaniyalar, turoperatorlar bu borada juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqdalar. Bundan tashqari ushbu kompaniyalarda hujjat yuritish tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. Mobil texnologiyalarining rivojlanishi esa ushbu sohada geoaxborot tizimlarini kirib kelishini jadallashtirib yubordi. Taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot va jamiyat uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari va axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Bunda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqilgan: - axborot madaniyati; - masofaviy ta’lim; - multimedia texnologiyalari; - interaktiv xizmatlar; - bulutli texnologiyalar va b. 7 O‘quv qo‘llanma 9 bobdan iborat bo‘lib keltirilgan materiallar mualliflar tomonidan yillar davomida informatika, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari kabi fanlardan to‘plangan tajriba asosida shakllantirilgan. Qo‘llanmani o‘zlashtirishni yengillashtirish maqsadida maxsus belgilar qo‘llanilgan va yozuvlar har xil shriftlarda amalga oshirilgan: - asosiy matn oddiy Times New Roman shrifti orqali 1,5 intervalda va 14 pt o‘lchamida berilgan; - jadvallarda esa 1,0 interval va 12 pt ham qo‘llanilgan; - bob nomi katta va qalin harflarda yozilgan; - bobdagi mavzular qalin harflarda yozilgan va ularning tartib raqami bob raqamiga bog‘langan; - tayanch va xorijiy tildagi so‘zlar qalin shriftda berilgan. O‘quv qo‘llanma iqtisodiyot, kadrlar mеnеjmеnti va marketing ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladigan talabalar uchun mustaqil ta’lim olishlariga ham imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling