Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Mijozlarga elektron xizmat ko‘rsatish bank texnologiyalari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
6.4.5. Mijozlarga elektron xizmat ko‘rsatish bank texnologiyalari
Bank elektron xizmatlari turli xil bo‘ladi. Elektron mijozlarga xizmat ko‘rsatishning asosiy turlari: • mijoz-bank tizimi - uzoq ish joyidan ba’zi bank operatsiyalarini bajarish qobiliyati; • bank kartalari bilan ta’minlangan xizmatlar; • telefon xizmatlari; • Internet xizmatlari. Mijoz-bank tizimi moliyaviy hujjatni qayta ishlashning texnologik tarmog‘idan mijozning qo‘lida qog‘oz varaqasini bank operatsiyalarini olib borayotgan mansabdor shaxslariga topshirish va uni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha operatsiyani olib tashlash imkonini beradi. Ushbu jarayon bilan birga hujjatni identifikatsiya qilish jarayoni ham avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bank mijozlar bilan 24 soat davomida ishlash, operatsiyalarni olib borayotgan xodimlar va binolar uchun kerak bo‘lgan xarajatlarini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mijoz ofisdan chiqmasdan naqd bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin, bankga borish uchun vaqt va yo‘l xarajatlarni tejab qoladi. Mijoz bankga hududi bog‘liq bo‘lmaydi. Bundan tashqari, mijoz tashqi hujjatlarni boshqarish tizimiga kirish, bank tomonidan elektron shaklda hujjatlar qabul qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Tizim yadrosi Aktiv-passiv operatsiyalarining moduli Tashqi aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi moduli Tahlil va hisobotlarni tayyorlash moduli Hisob operatsiyalarni avtomatlashtirish moduli 156 To‘lov hujjatlari mijozning hisob-kitob dasturida yaratilishi mumkin. Keyin raqamli elektron imzo bilan tasdiqlanadi va himoya qilinadi va mijozning kompyuteridan elektron shaklda bankning kompyuteriga o‘tkaziladi. Mijoz, shuningdek, bank tomonidan to‘lov hujjatlarini qabul qilish va qayta ishlash, uning hisob varag‘ining holati va hisob varaqdagi operatsiyalar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling