Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
yili 
Vazifalar 

Avtomatlashtirilgan 
ish joy 
1990 
To‘lov hujjatlari.
Balans hisoboti. 
II 
Yagona operatsion 
kuni 
1992 
Hisob-kitob. Hisoblar.
To‘lovlar. Kreditlar.
Balans hisoboti 
III 
Birlashgan bank 
hisob tizimlari 
1995 
Filialli tarmoq. 
Kliring. 
Tahlil. 
Nazorat. 
Saqlash. 
Vakolatlarni ajratish. 
IV 
Bank faoliyat 
boshqarishini 
ko‘pvazifali 
tizimlar 
1997 
Xizmatlar turlarini 
o‘sishi. 
Axborotli.
Bog’liklik.
Mobillik.

Bank faoliyat 
boshqarishini 
kompleksli, 
moslashuvchanli 
tizimlar 
2000 
Taqsimlanganlik
Ochiqlik. 
Boshqaruvchanlik. 
Tezkorlik. 
Kengayish imkoniyati. 
Ishonchlilik 
Himoyalanganlik. 
 
Bank xizmatlari va operatsiyalar bozorida quyidagilar keng 
tarqalgan: 
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning hisob 
varaqlarini, depozitlarini saqlash; 
• hisob-kitoblar, jumladan, “mijoz-bank” texnologiyalari, plastik 
bank kartalari, Internet-banking, WAP-banking; 


151 
• banklararo to‘lovlar; 
• turli xil kredit berish turlari; 
valyuta operatsiyalari
• qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar; 
• boshqa xizmatlar. 
BAT quyidagi maqsadlarga qaratilgan: 
• operatsiyalarni o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 
vaqtni qisqartirish, bank o‘tkazmalarini oshirish; 
• bir xil ishlar bilan shug‘ullanadigan xodimlar sonini kamaytirish
• mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish; 
• bank xodimlari malakasini oshirish. 
6.4.2. Bank axborot tizimlarining tarkibi va texnologiyasi 
BATni yaratish yoki tanlab olish bank strukturasining o‘ziga xos 
xususiyatlarini, bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va hajmini, 
shuningdek, bankning barcha bo‘limlarining o‘zaro hamkorligini 
inobatga olgan holda, qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni rejalashtirish bilan 
bog‘liq. 
BATni tuzilishi - yagona texnologiya asosida ishlab chiqilgan 
vazifali modullar to‘plami bo‘lib, u yagona moliyaviy yadro atrofida 
birlashtirilgan va yagona apparat-dasturiy asosida ishlaydi. 
Barcha modullar markaziy modul - tizimning yadrosi orqali bir-
biriga bog‘langan. Markaziy modul bankning barcha vazifalarini axborot 
bazasida tayorlab beradi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi - hisoblarni 
ochish va yopish, analitik va sintetik hisoblarni yuritish, balans va 
hisobotlarni shakllantirish, tizimni boshqarish, ma’lumotlarni arxivlash. 
Tizimning alohida modullari quyidagilarga mo‘ljallangan: 
• pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar; 
• hujjatlarni boshqarish bo‘yicha tashkillashtirish; 
• banklararo hisob-kitoblar (vakillik hisob varaqlari bilan ishlash, 
SVIFT tarmog‘idagi hisob-kitoblar); 
• pul mablag‘larini qabul qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalar, depozitar xizmatlar, valyuta operatsiyalari va 
hisobvaraqlari (depozitlar, "ish haqi" va boshqa hisob varaqlarga 
xizmat ko‘rsatish, qarz berish) ; 
• masofali mijozlarga xizmat ko‘rsatish (“mijoz-bank” to‘lovlari, 
Internet-banking); 
• moliyaviy bozorlarda operatsiyalar (valyuta operatsiyalari
banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlar); 


152 
• bank kartalari bilan ishlash; 
• filiallar bilan ishlash; 
• depozitariy hisobini va boshqalar. 
Bankning axborot texnologiyalarini yaratish bo‘yicha turli 
yondashuvlar mavjud. Uning uch turdagi axborot texnologiyalari mavjud: 
operatsionhujjatliobyektli
Operatsion texnologiyalar operatsiyalar zanjiri shaklida yaratilgan. 
Operatsiyalarning ba’zilari BATning turli modullarida aks ettirilishi 
kerak, bu ularning vazifali munosabatlarini amalga oshirishda 
qiyinchiliklarga olib keladi. 
Hujjatli texnologiyalar bankning elektron hujjat aylanishini tashkil 
etishga asoslangan. Buxgalteriya provodkalari avtomatik tarzda tuziladi.
Bank faoliyati davomida hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq. Bitta hujjat 
boshqa hujjatlarni yaratilishiga sababchi bo‘lishi mumkin, hujjatdagi 
o‘zgarishlari u bilan bog‘liq boshqa hujjatlar o‘zgarishlariga olib keladi. 
Shuning uchun uchta asosiy turdagi obyektlar mavjud: 
• bitim ( kelishuv, operatsiya); 
• bitim uchun asos bo‘lgan hujjat; 
• buxgalteriya hisobini provodkasi. 
Kompyuter tarmoqlari avtomatlashtirilgan bank axborot tizimlarida 
keng qo‘llaniladi. Odatda, banklar mahalliy kompyuter tarmog’iga ega, 
ular axborot almashish va ma’lumotlar almashinuvini tashkil etishga 
imkon beradi. Ko‘pgina foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida 
ishlashini ta’minlash uchun "mijoz-server" texnologiyasini qo‘llash 
kerak. 
Ma’lumotlar bazasi yagona markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi 
sifatida va quyi bo‘limlarda (filiallarda) tarqatilishi mumkin.
Birinchi holda, ma’lumotlar bazasi quvvatli va tez ishlaydigan 
serverlarda saqlanadi, ularga masofaviy foydalanuvchilardan aloqa 
kanallari orqali murojaat qilish mumkin. Ikkinchi holda, ma’lumotlar 
bazasi ham markaziy ofisning serverlarida, ham filial serverlarida 
saqlanadi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling