Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168
Ikkinchi yondashuvda, moliya hisobidan tashqari, boshqaruv 
hisobi ham qisman avtomatlashtirilgan. Bunday holda, buxgalteriya ikki 
xodim (buxgalter va uning yordamchi) tomonlaridan amalga oshiriladi. 
Uchinchi yondashuv bilan moliyaviy va boshqaruv hisoblari to‘liq 
avtomatlashtirishga erishiladi. Bunday tizimda katta miqdordagi 
axborotni qayta ishlash uchun ko‘p foydalanuvchilar rejimi qo‘llaniladi. 
Bir nechta kompyuterlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi va har bir 
kompyuter buxgalterni alohida ish joyi sifatida qaraladi. 
Yondashuvni tanlash korxona turiga va uning hajmiga bog‘liq. 
Kichik korxonalarda asosiy e’tibor moliyaviy hisobga beriladi. Moliyaviy 
hisob ma’lumotlarini sintez va umumlashtirishga yo‘naltirilgan. 
Buxgalteriya hisobi uchun dasturiy mahsulotlarni tasniflash 
Ushbu sinf dasturlarida amalga oshiriladigan vazifalar to‘plami 
cheklangan.
Mini-buxgalteriya tizimlar bir qator asosiy hujjatlar va hisobot 
shakllarini tuzishga imkon beradi. Ular bir-uch kishilik buxgalteriya 
uchun mo‘ljallangan.
Integratsiyalashgan buxgalteriya tizimlari foydalanuvchilarga 
ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi va korxona barcha asosiy bo‘limlarni 


148 
hisobga olishni ta’minlaydi. Ularning ajralib turadigan xususiyati – 
ma’lumotlar bazasini birlashtiradigan bir nechta kompyuterlarda 
buxgalteriya hisobi tashkil etish imkoniyati bo‘lib, ular asosida hisobot 
yaratiladi. 
Integratsiyalashgan 
buxgalteriya 
tizimlari 
mahalliy 
tarmoqdagi ishlarni tashkil qilish imkonini beradi. 
6.3.5. - rasm. Buxgalteriya hisobiga mo‘ljallangan dastur sifnlari 
 
Buxgalteriya ofis sinfining dasturlari analitik vazifalarni hal qilish, 
mahsulotni sotishni optimallashtirish, xom ashyo xaridlarini boshqarish, 
korxonada ofis ishlarini tashkil etish vazifalar bajarishini ta’minlaydi. 
Xalqaro tizimlar buxgalteriya - ofis dasturlari kabi nafaqat 
an’anaviy buxgalteriya hisobi tashkil etishning keng imkoniyatlarini 
ta’minlaydi, balki loyihalarni boshqarish, tovarlarni (xizmatlarni) xarid 
qilish va sotish imkonini beradi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling