Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Bank axborot tizimlarini yaratish tamoyillari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
6.4.3. Bank axborot tizimlarini yaratish tamoyillari
Bank axborot tizimlarini yaratish tamoyillari quyidagilardir: 1. Bank vazifalari keng doirasini qamrab olishda kompleks yondashuv. Tizim amaliy vazifalarni amalga oshirishi va bank ma’lumotlarini qayta ishlash texnologiyasining talablariga mos kelishi kerak. 2. Yagona ma’lumotlar bazasida axborotni saqlash. 153 3. Modulli qurish tamoyili. Tizimlarni sozlash va qo‘shish imkonini beradi. 4. Ishonchlilik. Avtomatlashtirilgan tizimning ishdan chiqishi mijozlarga xizmat ko‘rsatishning mumkin emasligiga va bankni yopilishiga olib keladi. 5. Axborot xavfsizligi. Bank ma’lumotlarini turli xil tahdidlardan himoya qilish alohida ahamiyatga ega. Bank ma’lumotlarining bir qismi haqiqiy pul deb ko‘rish mumkin, uning o‘g‘irlanishi pulni o‘g‘irlash bilan tengdir. Bank ma’lumotlari bank mijozlarining manfaatlariga ta’sir qiladi, u maxfiydir va bank uning himoyasini ta’minlash uchun javobgardir. 6. Tashqi tizimlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan texnologiyalarning ochiqligi, boshqa uskunalarga o‘tish, tizimni o‘z faoliyatini to‘xtatmasdan kengaytirish, modernizatsiyalash, takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. 7. Ko‘p foydalanuvchi va ko‘p vazifali operatsiyalarni ta’minlash. 6.4.1. – rasm. Bank kunining modullarining tarkibi “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish” quyitizimi “Jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish” quyitizimi “Ma’muriy hujjatlarni oqimi va kadrlarni boshqarish” quyitizimi “Filiallarni boshqarish” quyitizimi “Xo‘jalik operasiyalarni” rejalashtirish va tahlil qilish” quyitizimi “Xorijiy valutalar bilan operatsiyalar” quyitizimi “Rejalashtirish va tahlil qilish” quyitizimi “Korrespondent hisob raqami” quyitizimi Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling