Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168
8.5. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash 
usullari 
Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya tizimlariga bo‘ladigan 
tahdidlar, ruxsatsiz tizimga kirish holatlari turli xil yo‘llar bilan amalga 
oshirilishiga javoban xavfsizlikni ta’minlash turli xil usullar va vositalar 
yordamida amalga oshirilmoqda. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash deganda axborotni xavfsizligini 
ma’muriy, texnik va texnologik himoyalash tushuniladi. 
Axborot xavfsizligi tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi ( 
12.12.2002-y. N 439-II ) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari 
to‘g‘risida” gi qonunda quyidagi tushunchalar keltirilgan: 
axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘јrisidagi 
ma’lumotlar; 


224 
axborot mulkdori - o‘z mablaјiga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan 
olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
axborotni muhofaza etish - axborot borasidagi xavfsizlikka 
taqdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlari; 
axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida 
to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, 
fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) 
hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari; 
axborot borasidagi xavfsizlik - axborot sohasida shaxs, jamiyat va 
davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati
Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan axborotni quyidagicha 
turkumlash mumkin: 
maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina 
kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga 
muvofiq cheklab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu 
bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish, 
deyiladi; 
konfidentsiallik (lotin confedihta-ishonch) — inshonchliligi, 
tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati
yaxlitlik
— axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni 
saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi 
kafolati. Bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; 
autentifikatsiya (yunon.: - haqiqiy)— axborot zaxirasi egasi deb 
e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga 
beriladigan kafolat. Bu bandning buzilishi xabar muallifini 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling