Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


MQIM (ma’lumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi  darajasi Uptime Institute


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
MQIM (ma’lumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi 
darajasi Uptime Institute klassifikatsiyasi bo‘yicha Tier III xalqaro 
tizimiga 
muvofiq 
keladi, 
ya’ni
MQIM 
infratuzilmasining 
rezervlanishi
«N+1» formulasi bo‘yicha ta’minlanadi, bunda 
ishonchlilik koeffitsienti 99,982(%) foizni tashkil etadi. Bu data-markazi 
barcha muhandislik tizimostilaridan rezervlanish imkoniyatiga egaligini 
anglatadi va MQIM ishlarini to‘xtatmasdan ta’mirlash-profilaktika 
ishlarini amalga oshirishga imkon beradi. 
MQIM mijozlariga bulutli servislar orasida VPS — «Virtual server» 
xizmatini taqdim etishga tayyor. Mijozlar «bulutda» xususiy 
infratuzilmani yaratish va tunu kun jahonning istalgan nuqtasida to‘liq 
izolyatsiyalangan avtonom infratuzilmaga ulanish imkoniyatiga ega 
bo‘lish uchun bulutli platforma yordamida MQIM hisoblash quvvatini 
ijaraga olishlari mumkin. 


223 
Bundan tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet 
tarmog‘i vositasida biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-
xosting xizmatidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Ma’lumotlarni 
qayta ishlash va saqlash markazi mijozlarga quyidagi asosiy xizmatlari 
taqdim etadi: 
• Cloud computing – Bulutli hisoblash; 
• Colocation – uskunalarni joylashtirish; 
• VDI – virtual ish stoli; 
• VPS – virtual server. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi qo‘shimcha 
xizmatlari o‘z ichida quyidagilarni jamlagan: 
videokonferensaloqa
• ma’lumotlarni rezervlash; 
• telekommunikatsion infratuzilma; 
• milliy kontentni rivojlantirish
• Veb-xosting. 
O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi to‘liq Huawei kompaniyasi 
(infratuzilma, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan hamkorlikda 
amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz bo‘lib hisoblanadi. 
Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng «O‘zbektelekom» davlat 
tashkilotlari va yirik korporativ mijozlar, shuningdek, xususiy shaxslar 
uchun xizmatlar, shuningdek, biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy 
AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling