Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir 
belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga 
aytiladi. 
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni 
ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni 
yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish 
usuliga aytiladi. 
Steganografiyaning kriptografiyadan boshqa yana o‘zgacha 
masalasi ham bor, ya’ni uning maqsadi - maxfiy xabarni o‘zining 
mavjudligini ham yashirish. Bu ikkala usul birlashtirilishi ham mumkin 
va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun 
ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi ( masalan, kriptografik kalitlarni uzatish 
uchun). 
Kompyuter texnologiyalari steganografiyaning rivojlanishi va 
mukammalashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash 
sohasida yangi yo‘nalish - kompyuter steganografiyasi paydo bo‘ldi. 
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia sohasidagi uzluksiz 
rivojlanishlar telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish 
xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga 
olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va 
analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib, 
xabarlarni kompyuter fayllarida (konteynerlar) yashirish imkonini beradi. 
Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni 
uzatish faktining o‘zini ham yashiradi. 
K. Shennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan 
sifatida steganografiyaning bazasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter 
steganografiyasida ikkita asosiy fayl turlari mavjud : yashirish uchun 
mo‘ljallangan xabar - fayl, va koteyner - fayl, u xabarni yashirish uchun 
ishlatilishi mumkin. Bunda konteynerlar ikki turda bo‘ladi: konteyner - 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling