Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168
Konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash. 
Bu kompyuter steganografiyasini ishlatish sohasi konfidensial axborotni 
himoyalash muammosini yechishda eng samaralidir. Masalan, 
tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga 
almashtiriladi. Bunday o‘zgarish ko‘pchilik tomonidan tovushli xabarni 
eshitish paytida sezilmaydi. 
Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini 
yengish. Sanoat shpionaji tizimlarining monitoring va tarmoq zaxiralarini
boshqarish harakatlariga qarshi yo‘naltirilgan steganografik usullar lokal 
va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan axborotning o‘tishida 
nazorat o‘rnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi. 
Dasturiy ta’minotni niqoblash. Kompyuter steganografiyasining 
hozirgi vaqtda ishlatiladigan boshqa bir sohasi dasturiy ta’minotni 
niqoblashdir. Qachonki, dasturiy ta’minotni qayd qilinmagan 
foydalanuvchilar tomonidan ishlatililishi o‘rinsiz bo‘lsa, u standart 
universal dastur mahsulotlari (masalan, matnli muharrirlar) ostiga 
niqoblanishi 
yoki 
multimedia 
fayllariga 
(masalan, 
kompyuter 
o‘yinlarining musiqiy ilovasi) yashirilishi mumkin. 
Mualliflik 
huquqlarini 
himoyalash. 
Steganografiyani 
ishlatilishining yana bir sohasi bo‘lib mualliflik huquqlarini himoyalash 
hisoblanadi. Kompyuterli grafik tasvirlarga maxsus belgi qo‘yiladi va u 
ko‘zga ko‘rinmay qoladi, lekin maxsus dasturiy ta’minot bilan 
aniqlanadi. Bunday dastur mahsuloti allaqachon ba’zi jurnallarning 
kompyuter versiyalarida ishlatilayapti. Steganografiyaning ushbu 
yo‘nalishi nafaqat tasvirlarni, balki audio va videoaxborotni ham qayta 
ishlashga mo‘ljallangan. Bundan tashqari uning intellektual egalikka 
himoyani ta’minlash vazifasi ham mavjud. Hozirgi vaqtda kompyuter 
steganografiyasi usullari ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanmoqda : 
• kompyuter formatlarining maxsus xossalarini ishlatishga 
asoslangan usullar. 
• audio va vizual axborotlarning serobligiga asoslangan usullar. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling