Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini 
ta’minlashdan iboratdir. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar 
tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdir. 
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratishadi: 
• simmetriyali bir kalitlik (maxfiy kalitli); 
• asimmetriyali ikki kalitlik (ochik kalitli). 
Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni 
bir-birlariga uzatishlari mumkin? 
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? 
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. 
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan 
ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. 
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa
ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda 
qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.


237 
8.5.1. - rasm.Axborotni uzatishda shifrlash va deshifrlash 
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar 
birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash 
mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni 
axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Axborotni 
autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: 

foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi 
zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: 

tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro 
autentifikatsiyalash. 
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu 
elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan 
elektron savdolardir. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling