Kompyuter tarmoqlarida himoyalash deb foydalanuvchilarni
ruxsatsiz tarmoq elementlari va zaxiralariga egalik qilishni man etishdagi
apparatli, dasturiy va kriptografik usullar va vositalar, hamda tashkiliy
tadbirlarga aytiladi.
Bevosita telekommunikatsiya kanallarida xavfsizlikni ta’minlash
usullari va vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
8.5.5. - rasm. Telekommunikatsiya kanallarida xavfsizlikni
ta’minlash usullari tasnifi
Yuqorida keltirilgan usullarni quyidagicha ta’riflash qabul qilingan:
to‘sqinlik – bu apparatlarga, ma’lumot tashuvchilarga va boshqalarga
kirishga fizikaviy usullar bilan qarshilik ko‘rsatishga aytiladi.
Egalikni boshqarish – tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish
usulidir. Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat:
• tizimni har bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan,
foydalanuvchilarni;
• identifikatsiya bo‘yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl
ekanligini aniqlash;
• vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo‘yicha
(reglament) hafta kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni
qo‘llash mumkinligini tekshirish;
• qabul qilingan reglament bo‘yicha ishlash sharoitlarini yaratish va
ishlashga ruxsat berish;
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
• ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o‘chirib
qo‘yish, so‘rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar.
Usullar
To‘s-
qinlik
Egalikni
boshqarish
Niqoblash
Tartiblash
Majbur-
lash
Unda-
moq
244
Vositalar
norasmiy
rasmiy
dasturiy
tashkiliy
qonuniy
axloqiy va
odobiy
texnikaviy
texnikaviy
apparatli
Do'stlaringiz bilan baham: |