Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Niqoblash – ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida  ularni kriptografiya orqali kodlash.  Tartiblash


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168
Niqoblash – ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida 
ularni kriptografiya orqali kodlash. 
Tartiblash – ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar 
yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi. 
Majburlash – qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta 
ishlash, aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy 
jazolanadilar. 
Undamoq – axloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan 
tartiblarni bajarishga yo‘naltirilgan. 
Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha 
tasniflangan vositalarni tatbiq etishadi:
8.5.6.- rasm. Kompyuter tarmoqlarida himoyalash vositalari 
 
Rasmiy vositalar – shaxslarni ishtirokisiz himoya funksiyalarini 
bajaradigan vositalardir. 
Norasmiy vositalar – bevosita shaxslarni faoliyati yoki uning 
faoliyatini aniqlab beruvchi reglamentlardir. 
Texnikaviy vositalar sifatida elektr, elektromexanik va elektron 
qurilmalar tushuniladi. Texnikaviy vositalar, o‘z navbatida, fizikaviy va 
apparatli bo‘lishi mumkin. 
Apparatli texnik vositalari deb telekommunikatsiya qurilmalariga 
kiritilgan yoki u bilan interfeys orqali ulangan qurilmalarga aytiladi. 
Masalan, ma’lumotlarni nazorat qilishning juftlik sxemasi, ya’ni 
jo‘natiladigan ma’lumot yo‘lda buzib talqin etilishini aniqlashda 
qo‘llaniladigan nazorat bo‘lib, avtomatik ravishda ishini sonini juftligini 
(nazorat razryadi bilan birgalikda) tekshiradi. 
Fizikaviy texnik vositalar – bu avtonom holda ishlaydigan qurilma 
va tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o‘rnatilgan temir 
panjaralar, qo‘riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi. 


245 
Dasturiy vositalar – bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini 
bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir. 
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo‘llanilgan 
dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi deb 
hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling