Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Tashkiliy himoyalash vositalari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168
Tashkiliy himoyalash vositalari – bu telekommunikatsiya 
uskunalarini yaratilishi va qo‘llanishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy 
– texnikaviy va tashkiliy – huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol 
sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarni qurilishi, 
tizimni loyihalash, qurilmalarni o‘rnatish, tekshirish va ishga tushirish. 
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari – bu hisoblash texnikasini 
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu 
tartiblar 
qonun 
darajasida 
bo‘lmasada, 
uni 
tan 
olmaslik 
foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin. 
Qonuniy himoyalash vositalaribu davlat tomonidan ishlab 
chiqilgan huquqiy hujjatlardir va ular bevosita axborotlardan foydalanish, 
qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni 
buzuvchilarni mas’uliyatlarini aniqlab beradi. 
Xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarini rivojlanishi quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha kuzatilmoqda: 
✓ himoyalash funksiyalarini apparatli amalga oshirish; 
✓ bir necha himoyalash funksiyalarini qamrab olgan vositalarni 
yaratish; 
✓ algoritm va texnikaviy vositalarni umumlashtirish va standartlash. 
Hozirgi kunda ma’lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish 
yo‘llari quyidagilardan iborat: 

elektron nurlarni chetdan turib o‘qib olish; 

aloqa kabellarini elektromagnit to‘lqinlar bilan nurlatish
- yashirin tinglash qurilmalarini qo‘llash; 
- masofadan rasmga tushirish; 

printerdan chiqadigan akustik to‘lqinlarni o‘qib olish; 

ma’lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini 
o‘g‘irlash; 

tizim xotirasida saqlanib kolgan ma’lumotlarni o‘qib olish; 

himoyani yengib ma’lumotlarni nusxalash; 
- qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirish; 

dasturiy tuzoqlarni qo‘llash; 
- dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklaridan 
foydalanish; 


246 
- dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin 
bo‘lgan qism dasturlarning mavjud bo‘lishi; 
- aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish; 
- himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish
- kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish. 
Bevosita tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling