Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168
Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari-axborot tizimlarining 
sifatini va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladigan vositadir. 
Aniq yo‘naltirilgan testlar - axborot texnologiyalarini sifatini va 
ishonchligini tekshirishda qo‘llaniladigan vositadir. 
Xavflarni imitatsiya qilish – axborot tizimlariga nisbatan xavflar 
yaratiladi va himoyani effektivligi aniqlanadi. 
Statistik 
tahlillagichlar 
– dasturlarni tuzilish tarkibidagi 
kamchiliklarni aniqlash, dasturlar kodida aniqlanmagan kirish va chiqish 
nuqtalarini topish, dasturdagi o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri aniqlanganligini va 
ko‘zda tutilmagan ishlarni bajaruvchi qism dasturlarni aniqlashda 
foydalaniladi. 
Dinamik tahlillagichlar – bajariladigan dasturlarni kuzatib borish va 
tizimda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladi. 
Tarmoqni zaifligini aniqlash – tarmoq zaxiralariga sun’iy hujumlarni 
tashkil qilish bilan mavjud zaifliklarni aniqlashda qo‘llaniladi. 
Identifikatsiya usullari va vositalari 
Identifikatsiya (ingl.: Identification). Ko‘rsatilgan identifikatorni 
uning egasiga taqdim etilgan identifikator bilan taqqoslash. 
Identifikator (ingl.: Identifier). Axborot jarayoni subyekti, vositasi va 
obyektiga (axborotga) taqdim etiladigan, faqat unga biriktirilgan noyob 
belgi, simvollar qatori. 
Identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz 
aniq o‘zini kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati. 
Identifikatsiya - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) 
bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga 
uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga 
uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining 
ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Identifikatorlar ikki xil 
bo‘ladi: atributli va biometrik
Atributli uslubda subyektga maxsus predmet yoki parol beriladi. 
Atributli identifikatorlarning asosiy kamchiligi uni taqdim etayotgan shaxs 
bilan bo‘lgan zaif bog‘likligidir. 
Biometrik identifikatorlar insonning fiziologik va boshqa 
parametrlari orgali kiritiladi.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling