Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168
Avtorizatsiya (ingl.: Authorization) - subyektga tizimda ma’lum 
vakolat va resurslarni berish jarayoni, ya’ni avtorizatsiya subyekt harakati 
doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim 
avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli 
ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi 
mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlari bilan foydalanuvchi 
harakatini ma’murlash jarayoni uzviy bog‘langan. 
Qayd etish (ingl.: Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi 
harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishni qayd 
etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtayi nazaridan tarmoqdagi 
xavfsizlik xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaksiya 
ko‘rsatish uchun juda muhimdir. 


250 
Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda subyektlarning 
o‘zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog‘lanadigan 
subyektlar haqiqiy-ligining o‘zaro tasdig‘i bajarilishi shart. Haqiqiylikning 
tasdig‘i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida 
amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita subyekti 
o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish tushuni-ladi. Ushbu jarayonning maqsadi - 
ulash qonuniy subyekt bilan amalga oshirilgan-ligiga va barcha axborot 
mo‘ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir. 
O‘zining haqiqiyligining tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli 
asoslarni ko‘rsatishi mumkin. Subyekt ko‘rsatadigan asoslarga bog‘liq 
holda autentifikatsiya jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo‘linishi 
mumkin: 
biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy 
identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda 
“so‘rov-javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va 
ochiq kalitlarni ko‘rsatish mumkin; 
biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart- 
kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari; 
qandaydir daxlsiz harakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya o‘z 
tarkibiga foydalanuvchining biometrik harakteristikalariga (ovozlar, 
ko‘zining rangdor pardasi va to‘r pardasi, barmoq izlari, kaft 
geometriyasi va h.) asoslangan usullarni oladi. Bu kategoriyada 
kriptografik 
usullar 
va 
vositalar 
ishlatilmaydi. 
Biometrik 
harakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni 
nazoratlashda ishlatiladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling