Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Kompyuter tarmoqlarida himoyani tashkil etish


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Kompyuter tarmoqlarida himoyani tashkil etish. Himoyalash 
vositalarini tashkil etishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim: 
• tizim bilan aloqada bo‘lgan subyektlar sonining ko‘pligi, ko‘pgina 
hollarda esa ba’zi bir foydalanuvchilarning nazoratda bo‘lmasligi; 
• tarmoqda foydalanuvchiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarning 
mavjudligi; 
• tarmoqlarda turli firmalar ishlab chiqargan kompyuterlarning 
ishlatilishi; 
• tarmoq tizimida turli dasturlarning ishlatilishi; 
• tarmoq elementlari turli mamlakatlarda joylashganligi sababli, bu 
davlatlarga tortilgan aloqa kabellarining uzunligi va ularni to‘liq 
nazorat qilishning qariyb mumkin emasligi; 
• axborot zaxiralaridan bir vaqtning o‘zida bir qancha 
foydalanuvchilarning foydalanishi; 
• tarmoqqa bir qancha tizimlarning qo‘shilishi; 
• tarmoqning yengilgina kengayishi, ya’ni tizim chegarasining 
noaniqligi va unda ishlovchilarning kim ekanligini noma’lumligi; 
• hujum nuqtalarining ko‘pligi; 
• tizimga kirishni nazorat qilishning qiyinligi.
Tarmoqni himoyalash zarurligi quyidagi hollardan kelib chiqadi: 
• boshqa foydalanuvchilarning massivlarini o‘qish; 
• xotirada qolib ketgan ma’lumotlarni o‘qish; 
• himoya choralarini aylanib o‘tib, ma’lumot tashuvchilarni nusxalash; 
• yashirincha foydalanuvchi sifatida ishlash; 
• dasturiy tutgichlarni ishlatish; 
• dasturlash tillarining kamchiliklaridan foydalanish; 
• himoya vositalarini bilib turib ishdan chiqarish; 
• kompyuter viruslarini kiritish va ishlatish. 
Tarmoq muhofazasini tashkil etishda quyidagilarni tashkil etish 
lozim: 
muhofaza tizimini nazorati
• fayllarga kirishni nazorati; 
• tarmoqda ma’lumot uzatishni nazorati; 
• axborot zaxiralariga kirishni nazorati; 
• tarmoq bilan ulangan boshqa tarmoqlarga ma’lumot tarqalishini 
nazorati. 


264 
Tarmoq elementlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ma’lumotlarni muhofaza 
etish uchun quyidagi choralarni ko‘rish zarur: 
✓ ma’lumotlarni aniqlab olishga yo‘l qo‘ymaslik; 
✓ axborot almashishni tahlil qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 
✓ xabarlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik; 
✓ yashirincha ulanishga yo‘l qo‘ymaslik va bu hollarni tezda 
aniqlash. 
Hozirgi paytlargacha muhofazalash dasturiy ta’minoti xilma-xil bo‘lsa 
ham, operatsion tizimlar zaruriy muhofazaning kerakli darajasini 
ta’minlamas edi. Hozirgi paytda zamonaviy operatsion tizimlar yetarli 
darajada muhofazani ta’minlay olishi mumkin. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling