Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter viruslaridan himoyalanish texnologiyalari.
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha
autentifikatsiyalash tizimi. Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin: 1) ko‘z yoyi rasmidan foydalanish va 2) ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish. Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob obyekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi xatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi. Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat haqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin. Biometrik usullarining 2 ta kamchiligi mavjud: • tizim ko‘pi bilan 99,99% kafolat bilan ishlaydi • qilinadigan xarajatlar atributli uslubdan ancha qimmatdir. Kompyuter viruslaridan himoyalanish texnologiyalari. Kompyuter viruslaridan himoyalanishning 3 yo‘nalishi mavjud: • virus tushishi oldini olish; • agar virus kompyuterga tushishga ulgurgan bo‘lsa, virus hujumining oldini olish; • buzilish oqibatlarining oldini olish, agar virus hujumi boshlanib bo‘lgan bo‘lsa. Himoyani amalga oshirishning ham 3 ta usuli mavjud. o himoyaning dastur usuli; o himoyaning apparat usuli; o himoyaning tashkiliy usuli. Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalaridan eng birinchisi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘shimcha nusxalashdir. Yuqorida ko‘rsatilgan hollardagi axborot yo‘qotishlarda qattiq disk formatlanib, yangidan foydalanishga tayyorlanadi. Toza formatlangan diskka distributiv kompakt diskdan operatsion tizim o‘rnatiladi, keyin uning 260 boshqaruvida kerakli dastur ta’minoti o‘rnatiladi. Kompyuterni qayta tiklash qo‘shimcha nusxadan ma’lumotlarni qayta tiklash bilan yakunlanadi. Ma’lumotlarni nusxalashda shuni esda tutish kerakki, Internetning tarmoq xizmatidan foydalanishga ruxsat beruvchi ro‘yxatga olingan va parol haqidagi ma’lumotlarni alohida kompyuterda saqlash kerak bo‘ladi. Ularni kompyuterda saqlash mumkin emas. Ular alohida xonalarda saqlanish kerak. Axborotlarni himoyalashning qo‘shimcha vositalariga antivirus dasturlari va apparat himoya vositalari kiradi. Masalan «ona plata» dagi maxsus ulagichning uzilishi qayta dasturlanadigan doimiy xotiradan ma’lumotlarni o‘chib ketishining oldini oladi. Shunday viruslar borki, ular doimiy xotiradagi ma’lumotlarni ham o‘chirib yuboradi. Ko‘plab antivirus dasturlari yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: 1. Tashqi xotira vositalarda qattiq diskning obrazini hosil qilish; 2. Doimiy ravishda qattiq diskda virusni aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib turish. Antivirus bazalarini yangilab turish; 3. Fayllarning o‘lchamlari va atributlarining o‘zgarishini nazorat qilish; 4. Qattiq diskka murojaatlarni nazorat qilib turish. Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud: 1. Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish. 2. Taniqli virusni zararsizlantirish. 3. Taniqli bo‘lmagan virusni zararsizlantirish. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling