Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari. 
Ma’lumki, hisoblash texnikasi vositalari ishi elektromagnit nurlanishi orqali 
bajariladi, bu esa, o‘z navbatida, ma’lumotlarni tarqatish uchun zarur 
bo‘lgan signallarning zaxirasidir. Bunday qismlarga kompyuterlarning 
platalari, elektron ta’minot manbalari, printerlar, plotterlar, aloqa apparatlari 
va h.k. kiradi.
Kompyuter tizimlari zaxiralariga ruxsatsiz kirish sifatida mazkur tizim 
ma’lumotlaridan foydalanish, ularni o‘zgartirish va o‘chirib tashlash 
harakatlari tushuniladi. 
Agar kompyuter tizimlari ruxsatsiz kirishdan himoyalanish 
mexanizmlariga ega bo‘lsa, u holda ruxsatsiz kirish harakatlari quyidagicha 
tashkil etiladi: 

himoyalash mexanizmini olib tashlash yoki ko‘rinishini 
o‘zgartirish; 
- tizimga biror - bir foydalanuvchining nomi va paroli bilan kirish. 
Agar birinchi holda dasturning o‘zgartirilishi yoki tizim so‘rovlarining 
o‘zgartirilishi talab etilsa, ikkinchi holda esa mavjud foydalanuvchining 
parolini klaviatura orqali kiritayotgan paytda ko‘rib olish va undan 
foydalanish orqali ruxsatsiz kirish amalga oshiriladi. 
Ma’lumotlarga ruxsatsiz egalik qilish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni 
tatbiq etish usullari: 
✓ kompyuter tizimlari zaxiralariga ruxsatsiz egalik qilish; 
✓ kompyuter tarmog‘i aloqa kanallaridagi xabar almashuvi 
jarayoniga ruxsatsiz aralashuv; 
✓ virus ko‘rinishidagi dasturiy kamchiliklarni (defektlar) kiritish. 
Ko‘pincha kompyuter tizimida mavjud zaif qismlarni «teshik» lar, 
«lyuk» lar deb atashadi. Ba’zan dasturlovchilarning o‘zi dastur tuzish 
paytida bu «teshik» larni qoldirishadi, masalan: 
• natijaviy dasturiy mahsulotni yengil yig‘ish maqsadida; 
• dastur tayyor bo‘lgandan keyin yashirincha dasturga kirish vositasiga 
ega bo‘lish maqsadida. 
Mavjud «teshik» ga zaruriy buyruqlar qo‘yiladi va bu buyruqlar kerakli 
paytda o‘z ishini bajarib boradi. Virus ko‘rinishidagi dasturlar esa 


263 
ma’lumotlarni yo‘qotish yoki qisman o‘zgartirish, ish seanslarini buzish 
uchun ishlatiladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling