Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
II-avlod toifasiga mansub kompyuterlarning element bazasi yarim
o‘tqazg‘ich bo‘lgan. Unda tashqi qurilmalarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan. Yuqori darajali dasturlash tillarini qo‘llash mumkin edi. Unda maxsus dasturlar to‘plami yaratila boshlandi. Ushbu toifaga Rossiyada ishlab chiqilgan “BESM-6” kompyuteri misol bo‘ladi. Ushbu toifagalarga mansub bo‘lgan barcha kompyuterlarning ikkita umumiy kamchiligi bo‘lgan: masshtablash va moslik. Masshtablash – kompyuterga qo‘shimcha qurilmalarni qo‘shish yoki olib tashlash imkoniyati mavjudligi. Moslik uch xil bo‘ladi: apparatli , dasturiy va axborotiy. Apparatli moslik – har xil korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan uskunalarni qo‘llay olish imkoniyati. Axborotiy moslik – ma’lumotlarni kodlash va uning formatlari. Dasturiy moslik - bitta kompyuter uchun yaratilgan dasturni hech qanday kompilyatsiyasiz va o‘zgartirishsiz boshqa kompyuterda ishlashi. Zamonaviy informatika fanining shakllanishida ushbu avlod kompyuterlarining hissasi ulkan: kompilyator, operatsion tizim , ma’lumotlar bazasi va shunga o‘xshash juda ko‘p tushunchalar o‘sha davrlarda yuzaga keldi. III –avlod. Bunda integral sxema qo‘llanila boshlandi. Tashqi qurilmalarning keng rivojlanganligi, katta tezlik va katta hajmdagi operativ xotiraga ega bo‘lgan. Operatsion tizim rivojlangan bo‘lib, unda multidasturiy imkoniyat amalga oshirilgan edi. Unga mansub bo‘lgan «EC EVM» (Rossiya), IBM S/360 (AQSH). 1964-yil 7-aprelda IBM yangi IBM System/360 kompyuterini yaratganini e’lon qildi va shu bilan 3-avlod kompyuterlarini avlodi boshlandi. Nega 360? Ba’zilarning fikricha bu 60-yillar 3-avlodni bildiradi. Ushbu kompyuterda qo‘llanilgan texnologiyalar quyidagilar edi: • element bazasi, ya’ni unda integral mikrosxema qo‘lanildi; • magnit disk, ya’ni tezligi sust bo‘lgan magnit tasmalar o‘rniga magnit disklar qo‘llanildi; • alfavit-raqamli displey, ya’ni ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun qo‘llanilgan; • multidasturli boshqaruv. Eng muhimi bu emas edi. Ushbu tipdagi kompyuterlarni har xil qurilmalarni jamlash orqali yig‘ish mumkin bo‘lgan va shu orqali istalgan quvvatga ega bo‘lgan kompyuterlarni yaratish mumkin 30 bo‘lgan. Shu bilan birgalikda masshtablash va moslik ta’minlangan edi. Ushbu IBM S/360 kompyuterining keyingi 15-20 yil davomida ishlab chiqilgan kompyuterlardagi arxitekturasi va undagi buyruqlar tizimi o‘zgarishsiz qolib keldi. Bu yerda xotira baytda o‘lchangan, bu ham IBM S/360 seriyasidan keyin paydo bo‘lgan tushuncha va xuddi shu paytlarda 16-lik sanoq tizimi ham keng qo‘llanila boshlandi. IV-avlod kompyuterlari katta IS asosida yaratilgan. Agar oddiy integral sxemalar (IS) bir necha o‘n dona tranzistorlardan tashkil topgan bo‘lsa, o‘rta IS larda mingtagacha, katta IS larda esa o‘n mingta atrofida tranzistorlardan tashkil topgan bo‘lgan. Virtual xotira, ko‘p protsessorli, operatsiyalarni parallel bajarish mumkin bo‘lgan. Undan tashqari muloqot vositalari ishlab chiqilgan edi. V-avlod. Bunda o‘ta katta IS qo‘llanilgan. Ma’lumotlar oqimini boshqarish tamoyili asos qilib olindi (fon Neymanda esa buyruqlar oqimi boshqarilgan). Kiritish va chiqarish qurilmalarining tubdan o‘zgarishi, masalan tovush orqali. Bu yerda sun’iy idrok texnologiyalari joriy qilina boshlandi. Jadval 1.6.2. Yillar Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling