Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Hisoblash mashinasi (Paskal) 1673
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1887 Tabulyator (Xollerit) 1941 Dasturiy boshqa- riladigan hisob- lash mashinasi (Suze) 1944
- Mexanik mashinalar davri.
1642
Hisoblash mashinasi (Paskal) 1673 Arifmometr (Leybnits) 1820-1834 Analitik mashina (Bebbidj) Mexanik davr Elektromexanik davr Elektron davr 1600 2000 1900 1800 1700 1887 Tabulyator (Xollerit) 1941 Dasturiy boshqa- riladigan hisob- lash mashinasi (Suze) 1944 MARK-I hisoblash mashinasi (Ayken) 1946 ENIAC Electron hisoblash mashinasi (Ayken) 22 • eramizdan avval 2 ming yil – Shumer xukmdori Lagash haykalida masshtablangan chizg‘ich aks ettirilgan. U 16 ta teng bo‘lakka taqsimlangan bo‘lib, o‘ng tomondan ikkinchi bo‘lak 6 ta teng qismga taqsimlangan, to‘rtinchisi 5 ta qismga taqsimlangan, oltinchisi 4 ta qismga taqsimlangan, sakkizinchisi 3 ta qismga taqsimlangan va o‘ninchisi 2 qismga taqsimlangan. Eng kichik bo‘linmaning uzunligi taxminan 1 mm ga teng; • eramizdan avval 1350-yil – Misr faraoni Seti I barelefidagi palmada sonlar chiziqchalar bilan ko‘rsatilgan; • eramizdan avval X-IV asrlar – Xitoyda topilgan kublarda sonlar belgilari aks ettirilgan; • eramizdan avval V-IV asrlar – “Salamin taxtasi” yaratilgan. Uning nomi Egey dengizidagi Salamin oroli nomiga qo‘yilgan. Greklar va Garbiy Yevropaliklar uni “abak” deb nomlashgan, xitoyliklar “suan-pan”, yaponlar “serobyan” deb. Unda hisoblash toshchalari (lotin tilida tosh Calculus deyiladi, bundan esa kalkulator so‘zi kelib chiqqan) orqali amalga oshirilgan. XVI asrda Rossiyada keng tarqalgan va bizgacha yetib kelgan ko‘rinishi bu rus cho‘ti, qiziqarli tomoni shundakim, ingliz tilida cho‘t abakus deyiladi. Mexanik mashinalar davri. XVII asrning ulug‘ kashfiyotlaridan biri bu logarifmik chizg‘ich hisoblanadi. 1614-yilda shotlandiyalik Jon Neper (ingl. Nepier, John, 1550-1617) logarifmlar jadvaliga bag‘ishlanlangan ajoyib asarini chop etgan. 1617-yilda esa Neper “Tayoqchalar bilan hisoblash” asarini chop etdi. Xindistonliklar tomonidan yaratilgan usulni yevropaliklarga yetkazib berdi va “Neper tayoqchalari” bilan ko‘paytirish usuli deb nomlangan edi. 1654-yilda Robert Bissakar, keyinchalik 1657-yilda S.Patridj logarifmik chizg‘ichni kashf etishdi va unda quyidagi qoida asos qilib olingan edi: log(ab) = log a + log b Ya’ni, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini qo‘shish va ayirish amallari orqali bajarish mumkinligini ko‘rsatadi. Agar a=2 va b=3 bo‘lsa, ushbu chig‘ichda a∙b natijasini olish quyidagi chizmada keltirilgan: 23 Abak bilan logarifmik chizg‘ichda bajariladigan jarayonlar mutloq bir-biridan farq qiladi. Birinchisi raqamli hisoblash texnikasiga va ikkinchisi uzluksiz (analogli) hisoblash texnikasining (AHT) ishlash tamoyillarini anglatadi. Abak va unga o‘xshash tizimlarda ikki sonini yozmoqchi bo‘lsak, ikkita toshchani qo‘yamiz, e’tibor bering ikkita toshchamiz teng ikkini bildiradi, ozgina ko‘p ham emas, ozgina kam ham emas. Ya’ni raqamli hisoblash tizimlarining hisob aniqligi yuqori bo‘ladi. Logarifmik chizg‘ichda esa biz teng ikkining ustiga chiziqchani qo‘ya olmaymiz, bu yerda albatta xatolik mavjud bo‘ladi. Bunda natija o‘z- o‘zidan chiqadi, ya’ni hech qanday hisoblash jarayoni mavjud emas. Hisoblash texnikasining (HT) rivojlanishi ana shu ikki yo‘nalishda amalga oshirilgan. Analog hisoblash mashinasining ko‘zga ko‘rinarli namoyondalaridan biri bu “differensial analizator” hisoblanadi. U 1930- yilda Massachusets texnologik instituti professori Vannevar Bush (Bush, Vannevar, 1890-1974) tomonidan yaratilgan. Ushbu mashina differentsial tenglamalar yechimlarini aniqlashga qaratilgan. Qiziqarli tomoni shundakim, ushbu mashinada operatorlik ishini Klod Shennon bajargan. Qaysikim axborot nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Professor Bush esa keyinchalik AQSH prezidentining ilm-fan bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 1960-yillarda AHT keng tarqalgan bo‘lgan, keyinchalik mikroprotsessorlarning ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng raqamli HT ilgarilab ketgan. O‘sha paytlarda AHT sining keng tarqalishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: • analogli mashinalarni yaratish uchun sarf-harajatlar har jihatdan arzon bo‘lgan; • differentsial tenglamalarni yechish, differensiallash va integrallash jarayonlarini bajarish oson bo‘lgan; 24 • ma’lumotlar kiritilishi bilan shu zoxadiyoq natija olingan. Shu bois samolyotlarni, raketalarni boshqaruvida analogli hisoblash texnikasi keng qo‘llanilgan. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592-1636) tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma`lum bo'ldi. Shunga ko‘ra, uyg‘onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo‘llanilmadi. "Frantsuzlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal (Pascal Blaise, 1623-1662) 1642 yilda keyinchalik keng ko‘lamda go‘llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi: • Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak? • Hisoblash uchun lozim bo‘lgan boshlang‘ich sonlarni mashinada qay usulda kiritish kerak? • Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak? • Amal bajarish davomida o‘nliklarni qanday qilib o‘tkazish kerak? • Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak? • 1642-1645 yillarda Blez Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakillarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645 yilda yaratildi va "arifmetik mashina", “Paskalina” yoki "Paskal g‘ildiragi" deb nomlandi. Oddiy cho‘tda biror-bir razryad to‘lib qolsa, keyingi razryadga bitta toshchani qo‘shib qo‘yamiz. Ushbu jarayonni mexaniq qurilmada avtomatik ravishda bajarish uchun Pascal tishli g‘ildirak kashf etgan. Arifmetik amallar o‘nlik sanoq sistemasida bajarilganligi sababli, tishchalar soni 10 ta bo‘lgan. Ushbu texnologiya bo‘yicha ishlaydigan qurilmalarni biz elektr hisoblagichlarda shu paytgacha 25 kuzatib kelyapmiz. Unda faqatgina qo‘shish va ayirish amallarini bajarish mumkin bo‘lganligi sababli u keng tarqalmagan. • 1673-yilda Gotfrid Leybnits (Leibnitz, Gottfried; 1646-1716) Paskalina mashinasiga o‘zgartirishlarni kiritib arifmometrni ishlab chiqdi, unda barcha arifmetik amallarni bajarish imkoni paydo bo‘ldi. Ushbu mashina yillar davomida takomillashtirilib kelingan. 1821-yilda Karl Tomas arifmometrni ishlab chiqishni keng yo‘lga qo‘ygan edi. 1873-yilda kashfiyotchi V.T.Odner tubdan uzgartirishlar kiritib, u o‘zi yarangan arifmometrini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ydi. Xattoki 1969-yilda Rossiyada “Feliks” nomi bilan 300 ming dona ishlab chiqilgan. • 1801-1804-yillarda fransuz J.M.Jakkar (Jacquard, Joseph-Marie, 1752-1834) perfokarta yordamida tikuv stanokini avtomatik boshqaruvini kashf etdi. • 1823-yilda ingliz olimi Ch.Bebbidj (Babbage, Charles, 1791-1871) dasturiy boshqaruv tamoyilini hisoblash qurilmalarida qo‘llash g‘oyasini ilgarilab, 1833-yildan boshlab “Analitik mashina” usitida ishlab, uning chizmasini taklif etdi. Unga binoan ushbu mashinada quyidagilar kiritilgan edi”: • ombor (store), sonlarni saqlash qurilmasi, hozirgi tushuncha bo‘yicha tezkor xotira; • tegirmon ( mill) , sonlar ustida amallarni bajarish qurilmasi, hozirgi tushuncha bo‘yicha protsessor; • boshqaruv qurilmasi, biri perfokarta yordamida jarayonlarni boshqarish uchun va ikkinchisi perfokartalar orqali ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma; • tashqi qurilmalar, bunda natijalarni chiqarish uchun maxsus perforator bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. Unda hisoblashlar o‘nlik sanoq sistemasida amalga oshirilgan. Sonlar uchun 50 ta razryad ajratilgan bo‘lgan. Ch.Bebbidj 300 dan ortiq ushbu mashina chizmalarini ko‘pgina olimlarga jo‘natgan. Shunday qilib Ch.Bebbidj hozirgi zamondagi hisoblash mashinasining g‘oyasini va loyihasini yaratdi, ammo o‘sha davr texnika darajasi bunday mashinalarni yaratish imkonini bermas edi. Uning fikriga ko‘ra bu qurilma hamma hisoblash ishlarini odamning ishtirokisiz o‘zi avtomatik ravishda bajarishi kerak edi. Buning uchun bu qurilma hisoblash ishining dasturini tushunib, shu dastur asosida hamma ishlarni bajara olishi kerak edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling