Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Kompyuter va uning turlari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
1.6. Kompyuter va uning turlari
1.6.1. Hisoblash texnikasining rivojlanish davrlari Kompyuter. Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyatning hisoblash ishlarida ish unumdorligini oshirish vositasi sifatida hisoblash texnikasi vositalariga bo‘lgan ehtiyoji juda oldin paydo bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda sodda hisoblash vositasi sifatida idora schyotlari qo‘llanilganligi ham bizga tarixiy manbalardan ma’lumdir. Kompyuter (Computer) inglizchadan o‘zbekchaga o‘girilganda "hisoblovchi" ma’nosini bildiradi, yani hisoblash ishlarini bajaruvchi qurilmadir. Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi darajaga yetguncha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o‘tkazdi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to‘rt katta davrga bo‘lishimiz mumkin: • Mexanik hisoblash mashinalargacha bo‘lgan davr; • Mexanik mashinalar davri; • Elektromexanik mashinalar davri; • Elektron hisoblash mashinalar davri. 1. Mexanik hisoblash mashinalargacha bo‘lgan davr uzoq o‘tmishdan boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har 20 qanday hisoblash asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo‘lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum holatda tosh, yog‘och yoki jetonlarni o‘rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi rimliklar "kalkulyar" degan lotin so‘zida atashgan. 2. Mexanik mashinalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr oxirigacha davom etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Jakkard birinchi bo‘lib oddiy qo‘shish va ayirish amalini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina tor doiradagi insonlar uchungina ma’lum bo‘lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun ham bizgacha yetib kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili frantsuz olimi B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo‘lib, u ikki amalni- qo‘shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi Gotfrid Leybnits tomonidan to‘rt arifmetik amalni bajara oladigan, yaqingacha hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. Bu hisoblash mashinalari ichida qulayrog‘idir. 19 asr 90-chi yillarining boshida Peterburglik olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy hisoblash mashinalari bo‘lib hisoblanardi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling