Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlash • Axborot tashuvchilar • To‘lqinlar • Qattiq disklar Uzatish Ishlov berish
- Axborot madaniyati
1.5. Axborot madaniyati Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida biror Axborot jarayoni Saqlash • Axborot tashuvchilar • To‘lqinlar • Qattiq disklar Uzatish Ishlov berish • Axborot tashuvchilar • To‘lqinlar • Qattiq disklar Signal Belgi Til • Analogli • Raqamli • Tabiiy • Sun’iy • Alifbo • Sintaksis • Semantika 17 odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to‘plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi yetarli bo‘lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi. Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir. Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilarda o‘z aksini topadi: • texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida; • o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida; • turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikatsiyalar) dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida; • axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida; • turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi; • o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini bilishida. Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot nazariyasi, matematika, ma’lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlarning bilimlariga tayangan holda paydo bo‘ladi. Axborot madaniyatinig tarkibiy qismi bu yangi axborot texnologiyalarini bilishdan va ularni qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Axborotlashtirish dasturida ta’lim jarayonining axborotlashtirish alohida o‘rin tutadi. Chunki bunda insonning axborot madaniyati kengayadi. Shundan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda yuqori madaniyat mahsulotlarini yaratish lozim. Ushbu mahsulotlar nafaqat moddiy tomondan, balkim ma’naviy jihatdan yuksak bo‘lishi kerak. 18 Internetda joylashtirilgan axborotlarni to‘g‘riligini, barcha voqea- hodisalarga nisbatan obyektivligini ta’minlash mumkin emasligini anglab olishimiz kerak. Chunki mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali istalgan axborotni Internetda joylashtirishga imkon borligi namoyon bo‘lmoqda. Kompyuterlarda joylashtirilgan axborot resurslaridan foydalanish darajasi axborot madaniyati bilan bog‘liqdir. Shulardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda axborot madaniyati tushunchasi yuritila boshlandi. Har bir shaxs hozirgi kunda axborot madaniyati bilan tanishgan bo‘lishi kerak, chunki bizlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qodir bo‘lishimiz, zamonaviy texnikalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishimiz kerak bo‘ladi. Buning sabablaridan biri, bu jamiyat rivojida axborot fundamental ahamiyatga ega bo‘lishidir. Axborot madaniyati tushunchasi to‘liq shakllanmagan, chunki undagi axborot va madaniyat tushunchalarining o‘zlari ko‘p qirralidir. Axborot madaniyati quyidagilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak: - shaxsning axborotlashgan jamiyatdagi faoliyati; - axborotni qidirishda, tanlashda, tahlil qilishdagi shaxsning bilimi va mahorati. Bundan axborot madaniyati quyidagi qirralardan iboratligini ta’kidlash mumkin: - yangi axborotlarni qidirish madaniyati; - axborotlarni o‘qish va qabul qilish madaniyati; - bilim olishi madaniyati; - katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash madaniyati; - qidiruv tizimlari bilan ishlash madaniyati; - mutaxassislararo axborot almashuvini ahamiyatligini anglash; - kommunikatsiya kanallaridan foydalanish madaniyati; - boshqa fikrlarni tahliliy o‘zlashtirish; - kommunikatsiya kanallari orqali kasbdoshlar safini kengaytirish; - intelektual mulkchilik qonunlari bilan tanishligi. Demak hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy mutaxassislar quyidagilarni anglashlari kerak: - doimiy o‘z bilimini oshirishni; - dunyo axborot resurslaridan foydalana olishni; - axborot olish barcha kanallaridan foydalanishni; - bilimlar almashuvida ishtirok etishni; - yangi bilimlarni taqdim etishni; - muloqot madaniyatiga ega bo‘lishni. 19 Shaxsning axborot madaniyati jihatlaridan yana biri, bu jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish mahorati. Bu o‘rinda Internet ham muhim hisoblanadi, ya’ni Internetdan foydalana olish mahorati shaxsni axborot madaniyati borligidan dalolat beradi. Axborot madaniyati kompyuter savodxonligining kengaygan axborot savodxonligi tushunchasini o‘rtaga olib keladi. Uning quyidagi omillari mavjud: - axborot qidiruvini amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish; - axborotga bo‘lgan ehtiyojni anglab olish; - qidiruvda so‘rovlarni to‘g‘ri bayon etish; - axborotlar manbalari bilan tanish bo‘lishligi; - olingan axborotlarni tanqidiy tahlil qilish va baholash. Demak, xulosa qilib axborot madaniyatini 3 qismdan iborat deb qabul qilishimiz mumkin: - axborot savodxonligi; - nazariy bilimlar; - axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish mahorati. Shu bois axborot madaniyati – kompyuter tarmoqlarida joylashgan bilimlar, ma’lumotlar va axborotlar bilan ishlash madaniyati deb tushunish mumkin. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling