Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 

PUL, KREDIT VA BANKLAR
” 
fanidan 
2016/2017 o‘quv yili 
uchun mo‘ljallangan
 
 
MA’RUZA MATNI 
Toshkent-2016 


1-MAVZU: Pulning zarurligi, mohiyati, funktsiyalari va roli 
1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi 
1.2. Pulning rivojlanish tarixi 
1.3. Pulning funktsiyalari 
1.4. Pulning turlariga umumiy tavsif 
 
 
1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi 
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati tsivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan 
hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida 
ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi 
muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va 
funktsiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda 
ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon 
davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi 
ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan 
ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan 
mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – 
kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning 
vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: 
- qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib 
qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish 
odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama 
ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan; 
- keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi 
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, 
kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga 
berishi lozimligini anglay boshladilar. 
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun 
zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish 
natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib 
taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun 
zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida 
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining 
shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur 
bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling