Pul, kredit va banklar
Tanga pullarning rivojlanish tarixi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston hududida dastlabkimetall tangalar
Tanga pullarning rivojlanish tarixi. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga
pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Manbalarga ko‘ra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo‘lgan VII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘i bilan zarb etilgan. Oltinga o‘zining tasvirini tushirib zarb qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, o‘sha davrda oltinning qiymati uning probasi va og‘irligi bilan o‘lchanar edi. AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‘lov vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‘lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etdi. Muomalada oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida o‘zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega bo‘lgan. Ya’ni, ularni hozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullarni emissiyasi orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo‘lmagan. Agar oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo‘lsa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda jamg‘armaga o‘tadi, aksincha bo‘lganda esa to‘lov vositasi sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to‘lov vositasini bajargan paytda pul tizimini tartibga solish apparati va pul – kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bo‘lmagan. O‘zbekiston hududida dastlabkimetall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz. 1 Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – ye izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S. 25. Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor – mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. bo‘lgan kumush draxma, vazni 8,2 g. bo‘lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. bo‘lgan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‘lgani ma’lum. Shuningdek, vazni 8,4 g. bo‘lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush dekadraxma ham zarb qilingan. Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan ma’lum. O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida bo‘lgan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston xududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada bo‘lgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan bo‘lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan. Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi. EftaliylardavridaO‘rtaOsiyoastasekinrivojlanaboshlagan. Xalqarosavdohamrivojlangan. TashqisavdoasosanXitoy, Xindiston, Eronva Vizantiya (Rum) bilanamalgaoshirilgan. Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‘lpon sifatida to‘langan juda ko‘p miqdordagi kumush tangalar xazinada to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi. Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram xudud o‘zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan. Umuman, V – VI asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududiga shimol va sharq tomonlardan turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela boshlaydi. VIII asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada bo‘lgan metall tangalar ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning suratlari o‘rnini islom oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomibilantarixdama’lumbo‘lgantangalardavriboshlanadi. Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘lgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma’nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada bo‘lgan. IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bo‘lsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Somoniylar davlati o‘z tasarrufiga hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud bo‘ldi. XII asrning o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning o‘g‘li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan. Xorazmshohlar davlatida ham an’anaviy musulmon pul birliklari – oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‘lgan. Bu tangalarda ham an’ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng xorazmshoh nomi bitilgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‘lgan kumush dirhamlar muomalada bo‘lgan. Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan. Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Buharakattarixda “Sarbadorlar” qo‘zg‘olonideb nom olgan. Buqo‘zg‘olonnatijasidaSamarqanddanmo‘g‘ullarhaydabchiqariladi. 1370 yildaSamarqandtaxtiga Amir Temuro‘tiradiva“BuyukTemur”saltanatinibarpoetadi. Ushbu imperiya tarkibigahozirgiO‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Armaniston, Eronningbarchahududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘istonningbirqismikirgan. Kattamiqdordavazni 2 grammnitashkiletganoltindinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‘lgankumushtangalar – miralarhamzarb etila boshlagan. Amir Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‘lganligi va bu yerlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Yevropada ham mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma’lumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan 2 . Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida oltin tangalar keng qo‘llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n va besh so‘mlik oltin tangalar mavjud bo‘lgan. O‘zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan. Jahon tsivilizatsiyasining taboro rivojlanib borishi va iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‘oz pullarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egalladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling