Pul, kredit va banklar


-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

2-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi
 
 
2.1. Pul aylanmasining mohiyati 
2.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish 
2.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari
2.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
 
 
2.1. Pul aylanmasining mohiyati 
 
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini 
tashkil etadi.
Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd 
pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va 
yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida 
pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va 
xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga 
xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va 
to‘lov vositasi funktsiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma 
vositasi funktsiyasini bajarish orqali, o‘zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltirdi va real 
iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan 
to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi. 
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va 
sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va 
davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va 
norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz 
operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar 
hisoblanadi.
Pul aylanmasi sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va 
naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul 
aylanmasi deyarli o‘rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar 
bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz 
ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan 
va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga 
oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida “pul 
aylanmasi” va “to‘lov aylanmasi” alohida – alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda 
asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga 
qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. 
Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob 
cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli 
darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va 
Yaponiyada pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. 


Quyidagi rasmda pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning o‘zaro bog‘liqligini 
tavsiflovchi holatlar keltirilgan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling