Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Qog‘oz pullar 
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy voqelik bo‘lib, 
ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning 
asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya 
muammosining paydo bo‘lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega 
bo‘lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan 
nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning 
haqiqiy qiymati juda past.
Mazkur darslikning birinchi bobi 1.1–paragrafida oltin tangalarning o‘rniga qog‘oz 
pullarning kirib kelishi bilan bog‘liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar 
o‘rtasida o‘zaro munosabatlar natijasida qog‘oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‘liq 
jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Yevropaning ayrim mamlakatlari va 
AQSh amaliyotida qog‘oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‘y bergan.
Chunki, ushbu mamlakatarda qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya malakatlaridan 
keyin muomalaga kiritilgan bo‘lsada, oltin tangalarni muomaladan chiqib ketishi natijasida 
ularning o‘rniga qog‘oz pullarni kirib kelishi stixiyali tarzda ro‘y bergan. Manabalarga ko‘ra, 
dastlabki qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga 
chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar 
o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bordi. Bu jarayon oltinlarni 
saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara 
boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar 
paydo bo‘ldi
16
. Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi 
natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin tangalarini ma’lum haq to‘lash evaziga ularga 
topshira boshladi. Oltin saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, 
shuningdek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini 
tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani “B” shaxs ham o‘z 
navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va 
oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng 
odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga 
tilxatlarning o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni 
to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli 
miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi. Shu 
tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi. 
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada ishonchga 
ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov vositasini bajara boshladi. Dastlab 
muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa 
oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida 
muomalada ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin 
saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. 
Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va 
hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat 
qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qo‘liga oldi. Buning uchun 
16
Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar. 


alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni 
chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga 
naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini 
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidanmuomalaga 
chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan 
boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan 
Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli ayrim 
davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov vositasi sifatida hisob – 
kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir 
choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul 
qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda 
o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullarni to‘lov vositasi sifatida 
qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi. 
Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni 
shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” tarzidagi 
ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy 
termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi. 
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini 
oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni 
chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan 
amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda davlatning 
xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‘i bilan muomalaga 
chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning 
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar 
hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni 
talab etadi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling